HAQ-HUQUQ ARALASHGAN MOL ORQALI IBODAT -JOIZMI?

ID: 1165

05.05.2025

79

Savol:

Hurmatli Fatvo markazi ulamolari, Sizga ushbu murojaat bilan murojaat etishimizdan maqsad — diniy va ijtimoiy jihatdan xalq orasida katta muhokamaga sabab bo‘layotgan masala yuzasidan shar’iy baho olishdir. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Bosh vaziri tomonidan haj va umra ziyoratlari amalga oshirilgani rasmiy manbalarda e’lon qilindi. Bu safarlar: Davlat samolyotlarida; Davlat xavfsizlik va protokol xizmati hamrohligida; Va, ko‘pchilikning fikricha, davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan. Shu munosabat bilan, biz quyidagi muayyan shar’iy savollar bilan sizga murojaat qilmoqdamiz: --- Savollarimiz: 1. Islom shariatiga ko‘ra, haj va umra faqat halol va shaxsiy mablag‘ evaziga ado etilishi kerakmi? 2. Davlat byudjeti mablag‘i (ya’ni xalqning umumiy xazinasi) hisobidan ziyorat qilish — shar’an joiz va maqbulmi? 3. Nochorlar, beva-yetimlar, nogironlar, yolg‘iz qariyalar hisobidan to‘plangan jamg‘armalardan foydalanib hajga borish — ibodatmi yoki zulmmi? 4. Bunday ibodatda riyo, ko‘z-ko‘z qilish, manfaatdorlik ehtimollari mavjud bo‘lsa, bu ibodat shar’an to‘liq ado etilgan hisoblanadimi? 5. Prezident va Bosh vazir kabi rahbarlarning diniy safarlari davlat resursi bilan amalga oshirilganda — bu haq-huquq aralashgan mablag‘ bilan amalga oshgan ibodat sifatida ko‘riladimi? 6. Agar ibodat shar’an maqbul bo‘lmasa, u qayta ado etilishi lozimmi? --- Iltimos: Yuqoridagi masalalar bo‘yicha sizdan aniq, rasmiy va shariatga asoslangan fatvo yoki tushuntirish bayonoti berishingizni so‘raymiz. Bu nafaqat biz, balki butun jamoatchilik uchun muhim va oydin masala hisoblanadi. Rahbarlarning amallari jamiyat uchun o‘rnak bo‘lganligi sababli, bu kabi diniy masalalarga ochiq va adolatli baho berilishi — iman, adolat va halollik asoslarining himoyasidir.

Javob:

Va alaykum assalom. Batafsil javob olish uchun Fatvo markaziga qo‘ng‘iroq qiling 781503344

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar