SAVDODA AKSIYA

ID: 1738

10.08.2025

66

Savol:

Assalomu alaykum biz ottochento ishlab chiqaruvchimiz asosan mahalliy ustalar bilan ishlaymiz yaʼni sotamiz.Ustalar bizga mahsulot sotuviga qarab aksiya joriy qilishimizni soʻrayapti ya'ni sovgʻalar qoʻyishimizni biz sovgʻa qoʻysak ular mahsulotni uyni egasini puliga oladi va shu yoʻl bilan sovgʻaga ega boʻladi.Bu ish durust boʻladimi va biz sovgʻa qoʻysak halol boʻladimi?

Javob:

Ushbu holatda ustalar uy egasining vakili hisoblanadi va uning puliga savdo qiladi. Fiqhga ko‘ra, savdodan kelib chiqqan chegirma yoki sovg‘a vakilga emas, balki muvakkil, ya’ni asl pul egasiga tegishli bo‘ladi. Shu sababli, bu sovg‘a durust bo‘lishi uchun uy egasi sovg‘a haqida bilishi va uni usta olishiga aniq rozilik berishi shart. Ishlab chiqaruvchi sifatida sizlar ham shu rozilikni olinishini ta’minlashingiz maqsadga muvofiqdir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar