HAYZ VA NIFOS

ID: 1879

14.08.2025

587

Savol:

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Ayol kishi hayz va nifos holatida Qur'oni karimni yodlash uchun tilovat qilishi joizmi. Hozirgi kunda koʻp ayol qizlardan eshityapmanki yodlash uchun boʻlsa Mus'hafga qoʻl tekkizmasdan telefondan foydalanib yotlash joiz kabi soʻzlarni aytishmoqda lekin hadisga muvofiq bu man qilingan emasmi? Iltimos shu ma'vzuda toʻliq maʼlumot bersangiz!

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh. Ayol kishi hayz yoki nifos holatida Qur’on o‘qishi mumkin emas. Yod olgan suralarini eshitishi yoki tiliga chiqarmasdan, o‘zi eshitmaydigan qilib, qalbidan o‘tkazishi mumkin. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar