Assalomu Alaykum! Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda suniy obunachi, suniy like(yoqtirishlar soni), suniy komentariyalar yig'ib, mening falon obunachim bor, men falon like yig'dim deb aslida soxta ko'rinishlar orqali daromad qilishlik qanchalik to'g'ri. Bu haqida youtubedan quyida videoni ko'rdim https://www.youtube.com/watch?v=TPVeBnv8qcw&t=26s . Bu savolga javob shu sohada daromad qilayotgan ko'plab bloggerlar uchun juda zarur. Etiborsiz qoldirmang iltimos
Assalomu aleykum va roxmatulloxi va barokatuxu ...Savolim shundan iboratki meni yuzim tinik va oppok edi lekin odamlar juda kob karashdi va yuzing juda oppok va chiroyli db gapiraverishdi va oxiri koz tegib yuzimga narsa toshib ketdi . Koz tegishiga nima kilsam boladi va yuzimni nurli kilishim un kanday duolarni okisam boladi .Oldindan raxmat
Kelinning ota-onasi qizi farzandli boʻlgani uchun qoʻy olib kelsa va u qoʻyni kuyovni oilasi aqiqa uchun soʻysalar bu boʻladimi? Yoki kuyov oʻzi qoʻy olib soʻyish kerakmi?
Alloh taolo o’ta mag’firatli, baribir kechiradi, musulmonman, jannatga kirsam kerak deb gunoh qilishning hukmi qanday?
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! Alloh yashirgan gunohlarni yashirish kerak hech kimga aytish kerak emas deyilgan. Misol uchun bir odam zino qilgan boʻlsa keyin u odam tavba qilib zinodan uzoq yursa uni bu gunohini faqat oʻzi bilan alloh bilsa bir odam kelib undan zino qilganmisan desa u odam yoʻq desa yolgʻon gapirgan boʻladimi? Alloh yashirgan gunohlarimizni kimdur soʻrab qolsa qilganman deb rostini aytish kerakmi yoki yoʻq qilmagaan deb yashirish kerakmi?
Zarur boʻlsa burunni chaymasdan tahorat qilsa boʻladimi
Assalomu alaykum. Mening savolim quyidagicha: Xotin erining ish haqqining 10 %ni har oyda berishini mahr sifatida so‘radi. Bu mahr hisobida o‘tadimi? Agar bu mahr hisoblansa, vaqtinchalik ishsiz bo‘lgan davrda nima qilish kerak? Javob uchun oldindan rahmat.
Assalamu aleykum katta yulda ketishda bir moshinagi bokovoyini sindirip utipman likin sezganim yuk orkamdagi bita moshina kelib ayti orkadagi moshinaga zaraz yetkazdiz burilib olib izladim amo topolmadim uni xakini kanday ado kilsam buladi vaxtizni olganim uchun uzur sizlardan OLLOX rozi bulsin
Assalomu alaykum va rahmatulloh! Ayol kishini eridan ko‘ngli bo‘lmasa, ajrashishi kerakmi. Erkak ayoliga juvobini berishi kerakmi. Ayol kishi ayb qilsa er uni qilgan aybi uchun so‘ksa yoki g‘azabini bosish uchun gapirmay biroz jazolasa ayol kishi ko‘nglim qoldi deb ajrashishni xohlasa nima qilish kerak. Ota-ona bo‘lar bo‘lmasaga qizini tarafini olaversa, qiz o‘z onasi bilan erdan beruxsat ish qilsa qanday yo‘l tutishi kerak?
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh, hurmatli ustoz. Menda shaxsiy muammo bo‘yicha fatvo so‘ramoqchiman. Men 2024-yil kuz faslidan boshlab erimdan alohida yashayapman. U o‘sha paytda Rossiyaga ketgan. 2025-yil 11-mart kuni u menga Telegram orqali “3 taloq qildim” deb yozdi. Biz o‘sha paytda janjallashayotgan edik, u jahlda edi. Savollarim quyidagicha: 1. U aytgan “3 taloq qildim” jumlasi shariat bo‘yicha uchta taloq hisoblanadimi yoki bitta taloq sanaladimi? 2. Agar bu bitta taloq sanalsa, idda muddasi (3 hayz davri yoki 3 oy) allaqachon o‘tib ketgan bo‘lsa, biz qaytishimiz uchun yangi nikoh o‘qitishimiz shartmi? 3. Agar bu uch taloq hisoblanadigan bo‘lsa, bizning qaytadan birga yashashimiz mutlaqo joiz bo‘lmaydimi?