Assalomu alaykum va rahmatulloh! Ayol kishini eridan ko‘ngli bo‘lmasa, ajrashishi kerakmi. Erkak ayoliga juvobini berishi kerakmi. Ayol kishi ayb qilsa er uni qilgan aybi uchun so‘ksa yoki g‘azabini bosish uchun gapirmay biroz jazolasa ayol kishi ko‘nglim qoldi deb ajrashishni xohlasa nima qilish kerak. Ota-ona bo‘lar bo‘lmasaga qizini tarafini olaversa, qiz o‘z onasi bilan erdan beruxsat ish qilsa qanday yo‘l tutishi kerak?
Va alaykum assalom. Arzimas sabablar bilan turmushni, oilani buzib ketavermaslik kerak. Ayol kishi eriga (modomiki noshar’iy ishga buyurmasa) itoat qilishi lozim bo‘ladi. "Ko‘nglim qoldi" degan bahona bilan ajrashish mumkin emas. Erkak kishi ham bu kabi holatlarda bosiqlik bilan yo‘l tutishi, ayoliga chiroyli nasihat qilishi darkor. Alloh o‘rtangizni isloh qilsin. Bu kabi masalalarda ikki tomon birgalikda ahli ilm ustozlarning oldiga borilsa, ikki tomon eshitib chiqiladi va ikki tomonga ham kerakli tavsiya va nasihatlar beriladi.