BURUN CHAYMASDAN TAHORAT OLISH

ID: 2253

29.08.2025

181

Savol:

Zarur boʻlsa burunni chaymasdan tahorat qilsa boʻladimi

Javob:

Tahoratda burunni chayish sunnat amal hisoblanadi. Biror uzr bo‘lmasa tahorat paytida burunni chayishni tark qilish makruh sanaladi, ammo tahorat durust bo‘ladi. Biroq, zarurat bo‘lsa, masalan, burunda yara, kuchli og‘riq bo‘lsa yoki suv kirishi sog‘liqqa zarar keltiradigan boshqa holatlar mavjud bo‘lsa, burunni chaymasdan tahorat qilish joizdir va bunda uzr sababli makruhlik bo‘lmaydi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar