KOZ TEGISHI

ID: 2280

30.08.2025

378

Savol:

Assalomu aleykum va roxmatulloxi va barokatuxu ...Savolim shundan iboratki meni yuzim tinik va oppok edi lekin odamlar juda kob karashdi va yuzing juda oppok va chiroyli db gapiraverishdi va oxiri koz tegib yuzimga narsa toshib ketdi . Koz tegishiga nima kilsam boladi va yuzimni nurli kilishim un kanday duolarni okisam boladi .Oldindan raxmat

Javob:

Bismillahir rohmanir rohim. Yuzingizgizga narsa toshganiga aynan ko‘z tegishi sabab bo‘lgan deb qat’iy aytib bo‘lmaydi, balki organizmingizda, modda almashinuvida yoki hazm jarayonida biror muammo bordir. Yoki bu toshmalar yosh bilan bog‘liqdir, shuning uchun siz birinchi navbatda shifokorga murojaat qiling. Ko‘z tegishiga kelsak, dinimizda haqiqatan ko‘z tegishi bor narsa. Imom Muslim Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Ko‘z tegishi haqdir”, deb marhamat qilganlar. Demak, birovning ko‘zi tegib insonga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin ekan. Ammo bu Alloh taoloning taqdiri, irodasiga bog‘liq, Alloh taolo O‘zi saqlasa, hech qanday ko‘z insonga zarar bera olmaydi. Shuning uchun kishi doimo Haq taolodan yomonliklardan, xususan ko‘z tegishidan panoh berishini so‘rab yurishi kerak. Tongda va kechda Ixlos, Falaq va Nas suralarini uch martadan o‘qib o‘ziga dam solib yurish lozim. Yana mana bu duoni o‘qib yurish kerak: أَعُوذُ بِكَلِمَاتِ ٱللَّهِ ٱلتَّامَّةِ مِن كُلِّ شَيْطَانٍ وَهَامَّةٍ وَمِن كُلِّ عَيْنٍ لَامَّةٍ “Allohning mukammal kalimalari bilan barcha shaytonlardan, zararli jonzotlardan va zarar yetkazuvchi har qanday ko‘zdan panoh so‘rayman”. (Imom Termiziy rivoyati) Yuzingizni nurli qilishga kelsak, avvalo gunoh-ma’siyatlardan chetlaning, Allohga taqvo qiling. Doim tahoratli yuring, namozlarga o‘ta e’tiborli bo‘ling. Tahajjud namozini o‘qishga odatlaning, bu narsalar insonning yuzi nurli bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shuni alohida ta’kidlashimiz lozimki, musulmon kishi uchun eng muhim narsa Qiyomat kuni yuzi oq bo‘lishidir. Asosiy e’tiborimizni ana shunga qaratishimiz lozim. Alloh taolo Oli Imron surasida shunday deydi: “Yuzlar oq va yuzlar qora bo‘ladigan kunda. Ammo yuzlari qora bo‘lganlarga: «Iymon keltirganingizdan keyin kofir bo‘ldingizmi?! Kufr keltirganingiz uchun azobni totib ko‘ring», – (deyilur). Yuzlari oq bo‘lganlar esa – ular Allohning rahmatidadirlar. Ular unda mangu qoluvchidirlar” (106-107 oyatlar) Alloh taolo Qiyomat kunida barchamizning yuzimizni yorug‘ qilsin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar