Assalamu alaykum, ustoz tilovat sajdasi o‘qilganda sajda qilish vojib bo‘ladi, yodlovchilar esa har birida sajda qilmaydi balki to‘plab bitta sajda qiladi, bir hil insonlar yillab sajda qilmas ekan buning qazosi bo‘ladimi 1000 ta o‘qisa o‘rnini mingta sajda bilan qoplaydimi, agar kechiktirilsa yoki o‘rin almashsa 2 ta sajda qilish kerak deb aytardi ustozlar. Shu holatda kechiktirilgan va yillar davomidagi o‘qilgan sajda qilinmaganari nima bo‘ladi, har biriga sajda qilamizmi? keyingi savol shu sajda qilishda quloq qoqib niyat qilinadi shu yaxshi deyishgan edi bir kitobda esa quloq qoqilmaydi deyilgan, bu holat eng to‘g‘risi qay biri, qaysi biriga amal qilishimiz kerak? Batafsil tushuntirib bersangiz, javob uchun rahmat.
Men Greenleef kompaniyasiga a'zo bo'lgandim. Ammo ota-onam 'piramida' uslubiga asoslangan marketing halol emas deyaptilar. ya'ni biz odamlarni reklama qilish asosida kampaniyaga a'zo qilamiz va ulardan doimiy foyda tushib turadi. mana shu jarayon va shu ish dinda harommi? javob uchun oldindan rahmat.
Assalomu alaykum Meni doimiy yashash joyim Samarqand viloyati Urgut tumanida. Ammo o'zim Toshkentda ijarada turib ishlayman va vaziyatga qarab odatda 15-20 kunda uzog'i 1 oygacha muddatda Toshkentdan Samarqandga borib kelaman. Agar men Samarqanddan 14 kundan kam muddatga Toshkentdagi ish joyimga kelsam farz namozlarimni qasr qilib o'qiymanmi?
Namozda sajda qilishda qo‘llarni qanday qo‘ygan to‘g‘ri? Bosh barmoqlar quloqlar to‘g‘risida turishimi yoki burunga yaqin turishimi?
Assalomu alaykum. 1.Telefonda Quron suralarini rasimga tushirilgan xolatda taxoratsiz (taxorat olishga sharoit yo‘q, ammo bo‘sh vaqt bor) yodlasa bo‘ladi. 2.Telefondagi ilovalarda Quron ni ilovalari bor. Quron kitobini taxoratsiz ushlab bo‘lmaydi. Elektoron xolatdagi Quron qitobini o‘qib o‘rganishdagi xukmi qanday. Javob uchun oldindan raxmat.
Assalomu alaykum. Aqiqa qilib qôy sôyilganda masalan 3 dan 2 qismi tarqatiladi deb eshitdim. Savolim shundan iboratki masalan qo'y 20 kiloli boʻlsa 2 qismi 12 kg boʻlsa uni 1 kgdan 12 ta odamga beriladimi yoki teng ikkiga bôlib 2 ta odamga beriladimi
Assalomu alaykum. Menga bir tanishim chek berdi. Shuni soliq.uz programmasiga urib ol va uzinga ma'lum miqdorda pul olib menga qolganini tashlab bersang buladi dedi. Shu kelishuv joizmi
Bismillah Assalomu alaykum. Savolim shundaki yaqinda baxtsiz hodisa sababli akamdan ayrildik 2oylar bo'ldi. Qabrlari ustiga kichik tosh qo'yib, qabrlarini ustini loy bilan shuvab, atrofini o'rab qo'ymoqchi edik. Yaqinda kuz qish yomg'ir qor fasli kuchli yomg'ir sabab qabrning usti yoyilib ezilib ketmasligi uchun. Ammo ko'p kishi hali yili bo'lmaguncha qabrga tegib bo'lmaydi deyildi. Shu to'g'rimi yilli o'tmaguncha qabrga tegilmaydimi?
Bankdan kredit olgan yokida qarz olib onlayn qimorga tikib yuborgan. Soʻng bu ishidan tavba qilgan odamga zakot bersa boʻladimi?
ASSALAMU ALEYKUM KASAM IChIB BUZIB KUYSA KAFOROTINI 10 KIShIGA YEMASU KAMBAGAL KUShNISIGA BERSA BULADIMI YOKI MARDIKOR BOZORDA IShLAYDIGAN AKALARGA BERSA BULADI JAVOB UChUN RAXMAT OLLOX ROZI BULSIN