Namozda sajda qilishda qo‘llarni qanday qo‘ygan to‘g‘ri? Bosh barmoqlar quloqlar to‘g‘risida turishimi yoki burunga yaqin turishimi?
Sajdada qo‘llarning bosh barmoqlarini quloqlar to‘g‘risiga qo‘yish sunnatdir. Garchi qo‘llarni yelka barobarida qo‘yish ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan sobit bo‘lgan amal bo‘lsa-da, ularni quloqlar to‘g‘risiga qo‘yish erkaklar uchun sunnat bo‘lgan tirsaklarni biqindan uzoq tutish holatini mukammalroq ado etishga yordam bergani uchun afzalroqdir. Alloma Ibn Obidin rohimahulloh “Raddul muhtor” kitobida bunday deydi:
(قَوْلُهُ بَيْنَ كَفَّيْهِ) أَيْ بِحَيْثُ يَكُونُ إبْهَامَاهُ حِذَاءَ أُذُنَيْهِ كَمَا فِي الْقُهُسْتَانِيِّ. وَعِنْدَ الشَّافِعِيِّ يَضَعُ يَدَيْهِ حَذْوَ مَنْكِبَيْهِ. وَالْأَوَّلُ فِي صَحِيحِ مُسْلِمٍ. وَالثَّانِي فِي صَحِيحِ الْبُخَارِيِّ. وَاخْتَارَ الْمُحَقِّقُ ابْنُ الْهُمَامِ سُنِّيَّةَ كُلٍّ مِنْهُمَا بِنَاءً عَلَى أَنَّهُ عليه الصلاة والسلام فَعَلَ كُلًّا أَحْيَانًا قَالَ: إلَّا أَنَّ الْأَوَّلَ أَفْضَلُ لِأَنَّ فِيهِ زِيَادَةَ الْمُجَافَاةِ الْمَسْنُونَةِ. اهـ. وَأَقَرَّهُ شُرَّاحُ الْمُنْيَةِ وَالشُّرُنْبُلالي
(Musannifning "ikki kafti orasiga" degan so‘zi), ya’ni... ikki bosh barmog‘i ikki qulog‘ining to‘g‘risida bo‘ladigan tarzda (sajda qiladi)... Muhaqqiq Ibn Humom... deydilar: Ikkalasi ham sunnat, biroq, birinchisi (bosh barmoqlarni quloqlar to‘g‘risiga qo‘yish) afzalroqdir, chunki unda sunnat bo‘lgan (tirsaklarni) uzoq tutish amalini mukammalroq ado etishga imkon beradi.