Asslomu alaykum. Meni bir tanishim eri bilan urishib qolishdi. Urishayotgan paytida eri agar uydan chiqib ketsang senga javob, degan ekan. Ayol chiqib ketgan. Undan keyin oradan 6 oy o'tib yana er-xotin yashashdi nikoh o'qitmasdan. 10 oy yashashdi. Yana er xotin urishib qolib, eri 1chi javobingni berdim deb keyin yana 3 taloqsan, debdi. Hozir endi yana er xotin birga yashamoqchi, orada 2 ta farzandlari bor. Bular yana nikoh o'qitib yashasa bo'ladimi? Ba'zi bir domlardan so'rasa domlalar sizlarni o'zi nikohlaring bo'lmagan ekan, birinchi o'sha javobingni berdim degandan keyin nikoh o'qitmagan bo'lsalaring unda sizlar shu 10 oy zino bilan yashagansizlar deb aytishibdi, u aytgan 3 taloq o'tmagan deb. Bular hozir qaytadan nikoh o'qitib yashasa bo'ladimi? Javob uchun oldindan rahmat
Namoz o‘qishda zam suralar ketma ketligi to‘g‘risida ma’lumot bering, Farz, sunnat, nafl namozlarida.
Assalomu Aleykum aziz ulamolar! Savolim shunday : Ayol kishining uydan tashqarida ya’ni ko’chada (kumush, oltindan bo’lgan) uzuk taqishi islomda joizmi? Joiz bo’lsa bu faqat oilali, eri bor ayolga joizmi yoki hali oila qurmagan qizga hammi? Javob uchun oldindan rahmat, Robbim ilmingizni ziyoda qilsin.
Assalomu alaykum hurmatli domlalar. Mening hayotim juda qiyinchilikga kirib ketdi, 14 yoshdaman. Ota onam ajrashishga yaqinlashyabdi, otamning opa singillari yaʼni ammamlar onamni quruq tuhmat bilan buzuqiga chiqarishdi, shu sababli barcha ammamlar bilan urushib qolganman yaʼni aloqani uzganman. Bugun dadamga ham har xil gaplar aytib qoʻydim. Buning sababi dadam ham onamning miyasini ezib tashlayabdi, tuhmat qilib, buzuqiga chiqarib. Domla sizga savolim: Mening ishlarim yurishmayotgani, duolarim qabul boʻlmayotgani, namozdan taskin topmayotganim shu otam va ammalarim bilan aloqalarni uzganim uchunmikin? Domla ular bilan aloqani uzsam ham Alloh meni yaxshi koʻradimi, Alloh meni sevadimi? Lekin ulardan men kechirim soʻray olmayman chunki ular oʻta iflos odamlarda, onamni mendan boshqa tarafini oladigan inson yoʻqda. Domla siz ayting ular bilan aloqani tiklamasam ham Alloh meni sevadimi, namozlarim qabul boʻladimi? Oldindan rahmat Alloh jannati bilan siylasin.
Assalomu alaykum. Chet eldaman, bu yerdagi musulmonlar asosan Shofeiy mazhabida, ularda asr vaqti bizning mazhabdan koʻra ertaroq. Savolim shuki, biz Shofeiy mazhabi asr vaqtida jamoatga qoʻshilib asr oʻqishimiz mumkinmi yoki Hanafiy vaqti boʻyicha kutishimiz kerakmi? Oldindan rahmat
Qur'on o'qisa, ya'ni Qur'onni xatm qilsa gunohlari o'chiriladimi? Savob yozilishini, hasanot yozilishini bilaman, shu bilan birga gunohlari ham o'chiriladimi?
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barakatuhu. Bizning kompaniyamiz “Dasyor” nomi bilan brendga ega va u Respublika Qonunchiligiga muvofiq 9, 36, 41, 42, 43 va 44 sinflari bo‘yicha patent qilingan. Shu bilan birga, boshqa bir kompaniya “Dastyor” nomi bilan faoliyat yuritadi va ERP, POS hamda WMS tizimlari bilan shug‘ullanadi. Ular bizga murojaat qilib, o‘z brendlarini 9 va 42-sinflar bo‘yicha ishlatish uchun bizdan yozma rozilik berishimizni so‘rashdi. Biz ularga bunday rozilik berishni ko‘rib chiqmoqdamiz, lekin buni oylik to‘lov (tarif ko‘rinishida) asosida amalga oshirishni talab qilmoqchimiz. Savol: Shariat hukmlariga ko‘ra, brend huquqlari (patent va yuridik huquqlar) bilan bog‘liq bunday rozilik uchun oylik haq olish halol hisoblanadimi? Bu savdo yoki muayyan tovar xizmatini sotish emas, balki huquqiy rozilik berish bilan bog‘liq. Vallohu a’lam.
Assalamu alaykum, ustoz tilovat sajdasi o‘qilganda sajda qilish vojib bo‘ladi, yodlovchilar esa har birida sajda qilmaydi balki to‘plab bitta sajda qiladi, bir hil insonlar yillab sajda qilmas ekan buning qazosi bo‘ladimi 1000 ta o‘qisa o‘rnini mingta sajda bilan qoplaydimi, agar kechiktirilsa yoki o‘rin almashsa 2 ta sajda qilish kerak deb aytardi ustozlar. Shu holatda kechiktirilgan va yillar davomidagi o‘qilgan sajda qilinmaganari nima bo‘ladi, har biriga sajda qilamizmi? keyingi savol shu sajda qilishda quloq qoqib niyat qilinadi shu yaxshi deyishgan edi bir kitobda esa quloq qoqilmaydi deyilgan, bu holat eng to‘g‘risi qay biri, qaysi biriga amal qilishimiz kerak? Batafsil tushuntirib bersangiz, javob uchun rahmat.
Men Greenleef kompaniyasiga a'zo bo'lgandim. Ammo ota-onam 'piramida' uslubiga asoslangan marketing halol emas deyaptilar. ya'ni biz odamlarni reklama qilish asosida kampaniyaga a'zo qilamiz va ulardan doimiy foyda tushib turadi. mana shu jarayon va shu ish dinda harommi? javob uchun oldindan rahmat.
Assalomu alaykum Meni doimiy yashash joyim Samarqand viloyati Urgut tumanida. Ammo o'zim Toshkentda ijarada turib ishlayman va vaziyatga qarab odatda 15-20 kunda uzog'i 1 oygacha muddatda Toshkentdan Samarqandga borib kelaman. Agar men Samarqanddan 14 kundan kam muddatga Toshkentdagi ish joyimga kelsam farz namozlarimni qasr qilib o'qiymanmi?