Ayollar sajdada tirsagi yerga tegadimi yoki biroz balandroq turadimi
Namozdan keyingi tasbehlarni qo‘lda sanasam ham bo‘ladimi?
Assalomu alaykum! Qaynonamlar bundan ikki yil avval vafot etganlar. Biz oilada besh o‘g‘il, bir qiz farzandmiz. Qaynonam hayotlik vaqtlarida mening turmush o‘rtog‘im tilla uzuk olib bergan edilar. Qaynonam vafotlaridan oldin shu uzuk bilan yana bir uzukni yuvg‘ich ayollarga berasizlar deb vasiyat qilgan ekanlar. Vafotlaridan keyin qaynopam bu uzukni bizga qaytarib berdilar. Bu uzukning hukmi qanday bo‘ladi? Oradan ikki yil o‘tdi. Bu vasiyatlardan bizning xabarimiz yo‘q edi, yaqinda bildik. Endi bu uzukni nima qilishimiz kerak?
Assalomu alaykum. Men talabaman, kvartirada turaman. Kvartirada 21 ta bola guruhlarga bo‘linib turamiz, ya’ni 4-5 kishi bir bo‘lib oziq-ovqat sotib olamiz. Ba’zida boshqa guruhdagilar kelib, mendan yog‘, kartoshka kabi narsalar so‘rab kelishadi, shunda men ularga sheriklarimning roziligisiz berib yuboraman. Sheriklarim ham shunday qilishadi. Shu ishimizda bir-birimizning haqqimizga xiyonat qilgan bo‘lmaymizmi? Biz ham ba’zida qolgan guruhlardan narsa so‘rab borsak, guruhida 5 kishi bo‘lsa, bittasidan so‘rab olaveramiz. Bu bilan u rozi bo‘lsa-yu, qolganlari ichidan norozi bo‘lib, lekin bildirmasa, biz harom yegan bo‘lib qolmaymizmi? Javob uchun oldindan tashakkur. Alloh xizmatlaringizdan rozi bo‘lsin.
Assalomu alaykum va rohmatullohu va borakatuh. Menga 11 yoshga to'lganimda balog'atga etgan edim. Lekin Allohni tanimas edim. Farz amallarini bilmas edim. O'sha yilgi ro'zamni tutmaganman. 13 yoshga to'lamasdan tutib ketganman. Uzurli holatdagi qoldirgan ro'zalarimni tutishimga yo'l qoyishmagandi. Hozirda 18 yoshdaman. Bo'ynimda qancha qarz ro'za borligini bilmadim. Tahminimcha 40 kunlar. Ramazon kelguncha tutmoqchi edim. Og'zimni qaysi vaqtda yopishni bilmayapman. Bomdoddan qancha vaqt oldin yopay.
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuhu! Namoz bilan bog‘liq bir nechta savollarim bor edi, ilmimni oshirishda yordam bersangiz: 1. Aksariyat hollarda uyda ayolim bilan jamoat bo‘lib namoz o‘qiyman. Jamoat namozining savobi katta ekanligini inobatga olib, ayolimning bundan bebahra qolishini istamadim. Uyda onam va buvim ham biz bilan birga yashaydilar, ular bilan ham jamoat bo‘lib o‘qigim kelyapti. Ularning yoshlari ulug‘ va namozni mendan oldin boshlaganliklari, balki mendan ko‘ra bu borada ilmliroq ekanliklari bunga ta’sir qiladimi? Agar mumkin bo‘lsa, onam, buvim va ayolim ortimda biror muayyan tartibda turishlari kerakmi? Aytaylik, kimdir o‘ngda, kimdir oldinroq yoki orqaroq... Shu to‘g‘risida to‘liqroq ma’lumot bersangiz. 2. Sajdai sahv qay tartibda amalga oshirilishini kitoblarda o‘qib biroz tushunmadim. Sajdadan so‘ng attahiyotni, so‘ng ikki salovat va duo aytib, so‘ng bir yelkaga salom berib sajdai sahv qilamanmi? Yoki oxirgi rakat sajdasidan so‘ng darhol o‘ng yelkamga salom berib, yana sajda qilamanmi? Shuni biroz tushuna olmadim. 3. Jamoat namozida imom Oyatal Kursiy va tasbeh aytsa, bu ergashganlarga ham aytgan hisobiga o‘tadimi yoki ular ham o‘zlari aytishlari kerakmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
Assalomu alaykum. Sochni kuydirsa, ya’ni piyorыshka qilsa bo‘ladimi dinda?
Mening chap ko‘zimda xiralik bor, ko‘z doktorlar ko‘zoynak taqishni aytyaptilar. O‘zi ikkala ko‘zim bilan ko‘rsam, tiniq, ammo chap ko‘zimni o‘zi bilan xira ko‘raman. Shu holatda namozni ko‘zoynak bilan o‘qisam bo‘ladimi? Va ko‘zoynaksiz yoki ko‘zoynak bilan namoz o‘qiganda qaysi biri afzal?
Assalomu alaykum va rahmatulloh. Istixora namozini qanday vaziyatda o‘qiyman? Misol uchun, menda ikkita tanlov bo‘lganda, qay birini tanlashni bilmay turganimda o‘qiymanmi, yoki shu ikkita tanlovimning birini tanlab olib, shu bitta tanlovim uchun o‘qiymanmi? Shunga ozgina menda tushunmovchilik bo‘lyapti, batafsil tushuntirib bersangiz.
Assalomu alaykum. Mening uchta qizim bor. Ovsinimning bitta o‘g‘li bor, keyin farzand bo‘lmagan. Men uchinchi qizimni agar qiz tug‘sam, shu kishiga beraman, deganman va tug‘ilganidan berdim. Bitta uyda turamiz, tarbiyasida bevosita faol ishtirok etmoqdaman. Lekin yaqinda bir gap eshitib qoldim: farzandni boshqaga berish gunoh emish. Shunda men bir oilaning baxtini butun (to‘kis) qilaman deb, o‘zim bilmagan holda gunohkor bo‘ldimmi? Endi nima qilsam bo‘ladi?