Assalomu alaykum, ustoz. Tahorat olib, oyoqqa mahsi kiygan zahoti yoki undan so'ng, tahorat olishdan va mahsi kiyishdan oldin qo'lga bo'yoq (kraska) yopishgani ma'lum bo'lib qolsa, nima qilish kerak? Mahsini echish kerakmi?
Assalomu alaykum. Kattalarimizdan nonni isrof qilib bo'lmasligi haqida ko'p marotaba eshitganmiz va bu borada bir qancha hadislarni ham tinglaganmiz. Ularning sahih yoki yo'qligi haqida ma'lumotim yo'q. Savolim shundan iboratki: eyishga yaroqli bo'lmagan nonni yoki non ushoqlarini axlatga tashlash isrof va gunoh sanaladimi?
Assalomu alaykum. Bu savolimga doir savol-javoblarni o'qib chiqdim, lekin bir nuqtasiga tushunmay turibman. Agar kishi umrida ikkinchi marta va undan keyingi namoz rakatlarida gumonga tushib qolsa, masalan, «3-rakatmi yoki 4-rakatmi?» deb ikkilansa va «3-rakat» degan gumoni 50 foizdan oshsa (ya'ni, gumoni g'olib bo'lsa) hamda 3-rakat deb davom ettirsa, mana shu rakatda qa'daga o'tiradimi? Namoz oxirida sajdai sahv qiladimi?
Assalomu alaykum. Bu savolim o'rinlimi yoki o'rinsizmi, bilmayman. Hayotda shunday holatlar bo'ladiki, qaysi biri to'g'ri yo'l ekanini bilmay, juda ko'p ikkilanib, o'ylanib qolaman. Ko'p duolar qilaman, istig'for aytaman, lekin qanday yo'l tutish kerakligini anglay olmayman. Yaqinda ham «Ajrashsammi yoki ajrashmasammi?» degan o'yda qoldim; bir tomonim ajrashishni istasa, boshqa tomonim bu fikrdan qaytaradi. Shunday vaziyatlarda to'g'ri yo'lni qanday aniqlashim mumkin? Savolim sizning sohangizga tegishlimi-yo'qmi, aniq bilmadim, lekin boshqalarning javoblaridan qoniqish hosil qilmadim.
Assalomu alaykum. Men oyligimni qaynonamga beraman. Lekin ayol kishining kami-ko'sti bo'lishi sababli ortiqcha pul so'rasam, turmush o'rtog'im bermayapti. Oyligimdan tashqari rag'batlantirish puli (premiya) olaman. Shuni qaynonamga va turmush o'rtog'imga aytmay, o'z ehtiyojlarim uchun ishlatsam bo'ladimi? Javob uchun Alloh sizlardan rozi bo'lsin, ilmingiz ziyoda bo'lsin.
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Ustoz, savdo-sotiq bo'yicha savolim bor edi. Men Xitoydan turli narsalarni olib kelib sotaman. Ayrim hollarda pul etmay qoladi. Shunda odamlardan olmoqchi bo'lgan narsasining pulini (kelishilgan holda, ya'ni «hozir menda u narsa yo'q, pulini oldindan bersangiz, buюrtma qilib olib kelib beraman» deb) oldindan olib, keyin buюrtma qilib olib kelib bersam joizmi? Javob uchun oldindan rahmat!
Assalomu alaykum, ahli ilm. Savolim shundan iboratki, ayol kishi Umra amallarini bajarganda, qornidagi homila ham Umra qilgan bo'ladimi? Shuning hukmi qanday bo'ladi? Oldindan rahmat!
Erim menga: «Ko'chadan mehr izlasang, uch taloqsan», deb aytdi. Men xiyonat qilmasam, taloq bo'lmaydimi? Misol uchun, bozorda, taksida shunga o'xshash zaruriyat vaqtlarida erkak kishiga gapirsam, taloq bo'lmaydimi? Birdaniga aytilgan «uch taloq» tushsa hisobmi yoki uch marta alohida aytsa uch taloq bo'ladimi? Oldindan rahmat.
Ayol kishi namoz o'qiyotganda oxirgi qa'dada tashahhud miqdoricha o'tirgandan so'ng, ro'moli uning ixtiyorisiz echilib ketdi. Namozi tugal bo'ladimi?
Assalomu alaykum. 1) Mustaqil ish yoki prezentaцiya tayyorlayotganimda Google'dagi biror saytdan maqolani ko'chirib (kopiya qilib) olaman va u ma'lumotlar orqali ishimni bitiraman. Ko'pchilik saytlarda maqolani ko'chirib olish haqida hech narsa deyilmagan. Ularni ruxsatsiz ko'chirishim banda haqqini eyishga kiradimi? 2) YouTube'dan ham o'zbek domlalarining ma'ruzalarini yaqinlarimga jo'natib turaman, bu ishim joizmi?