GUMONI G'OLIB BO'LGANDA QA'DAGA O'TIRISH

ID: 5191

16.12.2025

85

Savol:

Assalomu alaykum. Bu savolimga doir savol-javoblarni o'qib chiqdim, lekin bir nuqtasiga tushunmay turibman. Agar kishi umrida ikkinchi marta va undan keyingi namoz rakatlarida gumonga tushib qolsa, masalan, «3-rakatmi yoki 4-rakatmi?» deb ikkilansa va «3-rakat» degan gumoni 50 foizdan oshsa (ya'ni, gumoni g'olib bo'lsa) hamda 3-rakat deb davom ettirsa, mana shu rakatda qa'daga o'tiradimi? Namoz oxirida sajdai sahv qiladimi?

Javob:

Va alaykum assalom. Agar sizda g'olib gumon hosil bo'lgan bo'lsa, ya'ni, masalan 3-rakatda ekaningizga gumoningiz kuchliroq bo'lsa, xuddi shu gumoningizga amal qilasiz va bu rakatda qa'daga o'tirmasdan, to'rtinchi rakatga turasiz.

Bu holatda sajdai sahv qilish vojib emas. Faqat o'ylangan holda bir rukn miqdoricha vaqt to'xtab qolgan bo'lsangizgina, namoz oxirida sajdai sahv qilasiz. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar