MEHR IZLASANG DEB SHART QO'YILGAN TALOQ

ID: 5175

16.12.2025

306

Savol:

Erim menga: «Ko'chadan mehr izlasang, uch taloqsan», deb aytdi. Men xiyonat qilmasam, taloq bo'lmaydimi? Misol uchun, bozorda, taksida shunga o'xshash zaruriyat vaqtlarida erkak kishiga gapirsam, taloq bo'lmaydimi? Birdaniga aytilgan «uch taloq» tushsa hisobmi yoki uch marta alohida aytsa uch taloq bo'ladimi? Oldindan rahmat.

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Bu erning "Ko'chadan mehr izlasang" degan gapidan nimani nazarda tutganiga bog'liq. Er nazarda tutgan o'sha ish amalga oshsa, shartiga binoan uch taloq tushadi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar