O'ZIDA YO'Q TOVAR UCHUN PULNI OLDINDAN OLISH

ID: 5179

16.12.2025

139

Savol:

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Ustoz, savdo-sotiq bo'yicha savolim bor edi. Men Xitoydan turli narsalarni olib kelib sotaman. Ayrim hollarda pul etmay qoladi. Shunda odamlardan olmoqchi bo'lgan narsasining pulini (kelishilgan holda, ya'ni «hozir menda u narsa yo'q, pulini oldindan bersangiz, buюrtma qilib olib kelib beraman» deb) oldindan olib, keyin buюrtma qilib olib kelib bersam joizmi? Javob uchun oldindan rahmat!

Javob:

Vaalaykum assalom varohmatulloh vabarokatuh. Shariatimiz ahkomlariga ko'ra, o'zida yo'q narsani sotish taqiqlangan. Shu bois, bu vaziyatda maqbul yo'l bu siz mijoz nomidan vakil bo'lib, uning puliga tovarni olib kelib berishingizdir. Buning uchun tovarning asl tan narxini mijozga ochiq aytgan holda, o'z xizmatingiz uchun aniq belgilangan haqni oldindan kelishib olishingiz shart bo'ladi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar