NAMOZ OXIRIDA RO'MOL ECHILIB KETSA

ID: 5168

16.12.2025

72

Savol:

Ayol kishi namoz o'qiyotganda oxirgi qa'dada tashahhud miqdoricha o'tirgandan so'ng, ro'moli uning ixtiyorisiz echilib ketdi. Namozi tugal bo'ladimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Ha, uning namozi tugal va durust hisoblanadi. Chunki fiqhga ko'ra, oxirgi qa'dada tashahhud miqdoricha o'tirish bilan namozning farzlari to'liq bajarilgan bo'ladi. Bu miqdordan keyin ro'molning echilib ketishi kabi namozni buzuvchi amallar sodir bo'lsa ham, namoz nihoyaga etgan sanalaveradi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar