Bir tanishimdan qurbonlik uchun qo‘y oldim va o‘sha qo‘yni qurbonlik qildim. Ammo u tanishim, ya’ni qo‘yning egasi menga pulini aytmasdan, balki evaziga bir oydan keyin xuddi shunday qo‘y olib berasan, deb shart qo‘ydi. Mening qurbonligim joizmi?
Haj ibodatini ado etib, ayni paytda Makkada bo‘lib turibmiz. Bu yerdan ketish vaqtimizga hali bir necha kun bor. Shunga vidolashuv tavofini ado etganimiz yo‘q. Guruhimizdagi hojilardan birlari: “Vidolashuv tavofini Zulhijja oyida qilib olishimiz kerak, aks holda qo‘y so‘yish vojib bo‘lib qoladi” dedilar. Haqiqatda shundaymi?
Mo‘mindan ortib qolgan taom boshqa bir mo‘minga shifomi? Shu ma’noda sahih hadis bormi?
Ayollar qabristonga borsa bo‘ladimi?
Bir tanishimni g‘isht zavodi bor. Menga o‘n million so‘m bersang, har bir dona g‘isht uchun 10 so‘mdan foyda beraman, deyapti. Shu ish shar’an joizmi?
Hozirgi kunda ko‘p uchraydigan keshbek foiz, foiz olish durustmi? Shunga aniqlik kiritib bersangiz.
Ustoz bir dugonam so‘ragandi. Iddada o‘tirgan ayol zino qilib homilador bo‘lib qolsa uni iddasi qachon tugaydi?
To‘rt rakatli namozning avvalgi qa’dasiga o‘tirmay, uchinchi rakatga turib ketgan kishi qaytib qa’daga o‘tirsa, namozi durust bo‘ladimi?
Tishim kovagini tish tozalagich bilan tozalaganimda uning uchi qon bo‘lib chiqadi. Lekin tuflab ko‘rsam, tufugimda qon g‘olib kelmaydi. Shunday holatda tahorat sinadimi?
Bir odam belbog‘ bog‘lagan holda namoz o‘qib bo‘lmaydi deb qoldi. Shu gap qanchalik to‘g‘ri. Belga belbog‘ bog‘lab namoz o‘qish mumkin emasmi?