Men ulgurji savdo bilan shug‘ullanaman. Mendan turli do‘konlar, ayrim holatda tashkilotlardan xodimlar keladi. Shular ichida ayrimlari narxni qo‘shib yozib berishni so‘rashadi. Masalan, tovarning narxi 50 ming bo‘lsa, 70 ming deb yozing. Men sizga pulini olib kelganimda 20 mingni menga qaytib berasiz, deyishadi. Ularning bu ishi joizmi? Ular bilan shu shaklda savdo qilsam bo‘ladimi?
Mayyit 10 kundan keyin suvdan topildi. Mayyit badaniga qo'l tekkizib bo'lmaydigan holat, bo'shashib ketgan. Shunday holatda qanday yuviladi? Yoki suvda turgani kifoya qiladimi? Yana bir savol shuki, mayyit kuyib ketgan bo‘lsachi, uni yuvish qanday bo‘ladi?
Peshin kabi to‘rt rakatli namozda muqim inson musofirga iqtido qilsa, namozini qanday tugatadi? Musofir bilan birga ikkinchi rakatda salom berib tugatadimi?
Dorilarni ishlab chiqarish va odamlarga qo‘llashdan oldin sichqon kabi kemiruvchi hayvonlarda tajriba o‘tkaziladi. Bunday qilish dinimizda joizmi? Hayvonni jonini qiynash sababli gunohkor bo‘lib qolinmaydimi?
Bizda uy qurmoqchi bo‘lganlar tsement, shifer, g‘isht sotuvchilar bilan kelishib avvaldan pul berib qo‘yishadi. Masalan, tsementning kilosi 1000 so‘m bo‘lsa, oldindan pul berilayotgani uchun 900 so‘mdan beriladi. Oladigan vaqt kelganda narx 1200 so‘m bo‘lishi mumkin. SHunday kelishish mumkinmi?
Bir tanishim juda ham semirib, semizlik uni sog‘lig‘iga zarar berayotgan ekan. Bir ishonchli shifokor oshqozonning bir qismini kesib tashlash kerak, debdi. Amaliyotdan yaxshi chiqishiga kafolat bilan amalga oshirilar ekan. Shu maqsadda bunday amaliyot o‘tkazish mumkinmi?
Biz qishloqda yashaymiz. Bug‘doy olishga oldindan pul berib qo‘yamiz. Bu bizga bug‘doy pishgan vaqtdagidan arzonga tushadi. Ammo ba’zan bug‘doy ekkan odamning bug‘doyi yaxshi bo‘lmay, o‘rniga somon yoki yer beraman deydi. SHunday holatlarda bug‘doy o‘rniga somon yoki yer olsa bo‘ladimi?
Ayolim bilan umraga bordik. U Madinada hayz ko‘rib qoldi. Makkaga ketishda biz bilan umraga niyat qildi. Makkaga yetib borgach, hayzi tugashini kutib turdi. Uch kundan keyin hayz to‘xtadi. To‘rtinchi kuni g‘usl qilib, haramga borib, umra qilib keldi. Qaytib kelgach, yana qon ko‘ribdi. So‘rab bilsak, bu hayz hisoblanar ekan. Ayolim hayzli holatda umra qilgani uchun jarima to‘laydimi?
Masjiddagi tuvaklarda gullar bor. Shu gullarga hayvonning go‘ngi solinadi. Shunday qilish joizmi?
Men qassobman. Turli yoshdagi yosh shogirdlarim bor. Men so‘yaman, ular tozalash, bo‘lish kabi ishlarni qilishadi. Qurbon hayiti kunlari buyurtma ko‘p bo‘lib, ular ham so‘yishga majbur bo‘lishadi. Shariat bo‘yicha ularning so‘yishlari mumkinmi?