Jamoat transportida ketayotib sajda oyati o‘qilsa, hukmi qanday bo‘ladi?
Imom bomdod namozining farzini maxfiy o‘qiy boshladi. Shunda bir kishi “jahriy” deb luqma berdilar. Imom jahriy o‘qidilar. Haligi kishining namoziga zarar yo‘qmi?
Menga bir do‘stim internetdagi a.i.f ilovasi orqali yuborilgan videolarga layk bosish orqali pul topishni tavsiya qildi. Bu ilovada pul topishning tartibi shuki, bu ilovada bir necha bosqich bo‘lib, birinchi bosqichni 50 dollarga, ikkinchi bosqichni 200 dollarga, uchinchi bosqichni 500 dollarga va keyingi bosqichlarni ham shunga o‘xshab ko‘tarilib borgan narxda sotib oladi. Bu ilova orqali daromad qilish uchun ishtirokchi ortidan odam qo‘shishi shart. Ortidan qo‘shgan odam qilgan to‘lovning 10% qo‘shuvchiga bonus sifatida beriladi. Uning ortidan qo‘shilgan kishi boshqa odam qo‘shsa, u qo‘shilgan kishi qilgan to‘lovining 5% ni ham birinchi kishiga bonus sifatida beriladi. Har bir bosqichda yuborilgan videolarga bosilgan layk uchun 0,5; 1; 2; 3... dollardan pul beriladi. Shunga o‘xshash dastur orqali pul topish mumkinmi?
Tik turib suv ichish haqida turli gaplar yuradi. Ayrimlar mumkin desa, yana boshqalar mumkin emas, deyishadi. Shu haqida ma’lumot bersangiz.
Guruhimizdagi bir sherigimiz Oisha onamiz masjidiga borib, umraga niyat qilib kelib, umra qilgan. Sochini olib, ehromdan chiqqan. Ammo bu umrasini ehrom kiyimini kiymasdan, oddiy kiyimlari bilan bajaribdi. Bu umrasi to‘g‘ri bo‘lganmi?
Turmush qurganimizga 25 yil bo‘ldi. Erim mahrimni bermagan, o‘zim ham so‘ramaganman. Bu haqda bizga hech kim aytmagan ham. Uni o‘zim so‘rab olishim shartmi? Mahrimni bermagani uchun erim gunohkor bo‘lmaydimi? Aslida, bermasa ham roziman.
Umraga ehrom bog‘lashda miyqotda ikki rakat namoz o‘qiladi. Mana shu namoz asrga yoki asrdan keyinga to‘g‘ri kelib qolsa, o‘qish mumkinmi?
Namozxon qiroat asnosida oyatni ma’nosi buziladigan darajada xato bilan o‘qidi. Keyin uni to‘g‘rilab o‘qib qo‘ysa, namozi durust bo‘ladimi yoki qayta o‘qiydimi?
Bir xonadonda bir nechta olma daraxtlari bor ekan. Surishtirib bilinsa, bu daraxtlar nihollik vaqtida o‘g‘irlab olib kelingan ekan. Xonadon egasi qilgan xatosini tushunib, nima qilishni bilmayapti. Kesib tashlasinmi yoki boshqa nimadir qilish mumkinmi?
Bir hadis eshitdim, peshin namozini kechiktirib o‘qish kerak ekan, shu rostmi?