NAMOZI DURUST BO‘LADIMI?

ID: 25

04.04.2025

48

Savol:

Namozxon qiroat asnosida oyatni ma’nosi buziladigan darajada xato bilan o‘qidi. Keyin uni to‘g‘rilab o‘qib qo‘ysa, namozi durust bo‘ladimi yoki qayta o‘qiydimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Namoz o‘qiguvchi namozning qiroatida ma’nosi buziladigan darajada xato qilsa va qaytadan uni to‘g‘rilab o‘qisa namozi durust bo‘ladi.

اﻟﻔﻮاﺋﺪ: ﻟﻮ ﻗﺮﺃ ﻓﻲ اﻟﺼﻼﺓ ﺑﺨﻄﺄ ﻓﺎﺣﺶ ﺛﻢ ﺭﺟﻊ ﻭﻗﺮﺃ ﺻﺤﻴﺤﺎ ﻗﺎﻝ ﻋﻨﺪﻱ ﺻﻼﺗﻪ ﺟﺎﺋﺰﺓ 

"Favoid kitobida: Agar namoz o‘quvchi namozda ma’nosi buziladigan darajada xato qilsa, so‘ngra qaytarib to‘g‘rilab o‘qisa (muallif) aytadilar: meni nazdimda uning namozi durustdir" ("Olamgiriya” kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar