YOSH BOLANING HAYVON SO‘YISHI

ID: 13

04.04.2025

82

Savol:

Men qassobman. Turli yoshdagi yosh shogirdlarim bor. Men so‘yaman, ular tozalash, bo‘lish kabi ishlarni qilishadi. Qurbon hayiti kunlari buyurtma ko‘p bo‘lib, ular ham so‘yishga majbur bo‘lishadi. Shariat bo‘yicha ularning so‘yishlari mumkinmi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Ulamolarimiz so‘yilgan jonliqni halol bo‘lishi uchun so‘yuvchi agar yosh bo‘lsa, so‘yishga qodir bo‘lishi va unga aqli yetishi shart qilinadi. Shuning uchun agar shogirdlaringiz balog‘atga yetgan va musulmon bo‘lsa, ularning so‘yishida mutlaqo muammo yo‘q. Agar balog‘atga yetmagan bo‘lsa-yu, lekin so‘yishga qudrati yetib, uning qonun-qoidalarini biladigan va hayvonni so‘yish bilan halol qilinishiga aqli yetsa, ularning so‘ygan hayvonlari ham halol hisoblanadi. Agar balog‘atga yetmagan yoshlarning so‘yishga va “basmala” aytishga aqli yetmasa, so‘ygan hayvoni halol bo‘lmaydi. Bu haqda fiqhiy manbalarimizda bunday deyilgan:

فَمِنْهَا أَنْ يَكُونَ عَاقِلًا فَلَا تُؤْكَلُ ذَبِيحَةُ الْمَجْنُونِ وَالصَّبِيِّ الَّذِي لَا يَعْقِلُ فَإِنْ كَانَ الصَّبِيُّ يَعْقِلُ الذَّبْحَ وَيَقْدِرُ عَلَيْهِ تُؤْكَلُ ذَبِيحَتُهُ

“So‘yuvchidagi shartlardan biri aqli raso bo‘lishidir. Shunga ko‘ra so‘yishga va basmalani aytishga aqli yetmaydigan yosh bola va majnunning so‘ygan hayvonini yeb bo‘lmaydi. Agar yosh bola shariatga muvofiq so‘yishni biladigan va to‘g‘ri so‘ya oladigan bo‘lsa, u so‘ygan hayvonni yeyish mumkin” (“Badoye’ us-sanoye’” kitobi). Vallohu a’lam.   O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar