Bir tanishim juda ham semirib, semizlik uni sog‘lig‘iga zarar berayotgan ekan. Bir ishonchli shifokor oshqozonning bir qismini kesib tashlash kerak, debdi. Amaliyotdan yaxshi chiqishiga kafolat bilan amalga oshirilar ekan. Shu maqsadda bunday amaliyot o‘tkazish mumkinmi?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Savolda so‘ralgan ushbu jarrohlik amaliyotida ruxsat berilgan va ruxsat berilmagan holatlar bor. Chiroy, ko‘rkamlik uchun bo‘lsa, joiz emas. Chunki bu ishlar zarurat hisoblanmaydi. Tanadagi ayb-nuqsonni to‘g‘rilash maqsadida bo‘lsa, joiz bo‘ladi. Chunki bu holat zaruratga aylanadi.
Zamonamizning ko‘zga ko‘ringan ulamolari oshqozonni kichraytirish amaliyotini bir qancha shartlar bilan ruxsat berganlar:
Ulamolar mazkur fatvolariga fiqhiy manbalarda kelgan quyidagi iboralarni asos qilib kelib keltiradilar:
لا بأس بقطع العضو إن وقعت فيه الآكلة لئلا تسري كذا في السراجية. لا بأس بقطع اليد من الآكلة وشق البطن لما فيه كذا في الملتقط.
“Biror a’zoga tushgan qorason kasalligi boshqa a’zolarga tarqab ketmaslik uchun shu a’zoni kesib tashlashda gunoh yo‘q. Qorason kasalligi tekkan qo‘lni kesishda, qorinning ichini davolash maqsadida qorinni yorishda gunoh yo‘q” (“Fatovo Olamgiriya” kitobi).
من له سلعة زائدة يريد قطعها إن كان الغالب الهلاك فلا يفعل وإلا فلا بأس به كذا في خزانة المفتين
“Ortiqcha yog‘li shishi bor inson shu shishni olib tashlamoqchi. Agar bunday muolajalar aksar holatda halok bo‘lish bilan tugasa, joiz emas. Agar unday bo‘lmasa, ya’ni aksar holatda muvaffaqiyatli o‘tsa, zarari yo‘q. “Xizonatul muftiyn” da shunday kelgan” (“Fatovo Olamgiriya” kitobi)
أما قطع الإصبع الزائدة ونحوها فإنه ليس تغييرا لخلق الله وإنه من قبيل إزالة عيب أو مرض
“Ortiqcha a’zoni kesib tashlash kabi ishlar Alloh taolo yaratgan narsani o‘zgartirishga kirmaydi. Balki u ayb yoki bemorlikni yo‘qotish qabilidan hisoblanadi” (“Fathul mulhim” kitobi). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.