Uzrlik holatimda, yani tahoratsiz paytim Qur'on oʻqish ilmini oʻrgansam, oʻqisam boʻladimi? Orada oʻqimasam esimdan chiqib qolyapti…
Assalomu alaykum. Ramazon oyi yaqinlashmoqda, inshaalloh. Ramazon oyida saharlik qilib, og'izni yopgandan keyin darhol Bomdod namozini o'qish to'g'rimi? Yoki u vaqtda Bomdod vaqti kirmagan bo'ladimi va uning kirishini kutish kerakmi? Ko'pchilikdan og'izni yopgach, Bomdod namozini ham darrov o'qiyman deganini eshitib qoldim.
Assalomu alaykum. Men poligrafiya va reklama mahsulotlari sohasida faoliyat юritaman. Ba'zi mahsulotlarni bir necha xil xomashyo va uskunalardan foydalanib tayyorlab beramiz yoki bozordan tayyor mahsulot sotib olib, unga logotip yopishtirib yoxud o'zgartirish kiritib etkazamiz. Mahsulot turi ko'pligi va buюrtmalar miqdori har xil bo'lgani uchun ularni oldindan zaxira qilib qo'ymaymiz. Buюrtma bo'lsa, oldindan 10 foizdan 70 foizgacha miqdorda zaklad olamiz. Sababi, mahsulotga ism yoki logotip tushirilgandan keyin mijoz uni olmasa, boshqaga sota olmaymiz. O'zimizda yo'q mahsulot yoki xomashyo uchun oldindan pul olishimiz joizmi? Shuningdek, ba'zi hollarda xomashyo va uskunamiz yo'qligi sababli mijozdan buюrtma va zaklad olib, mahsulotni boshqa korxonalarda tayyorlatib bersak bo'ladimi? Bundan tashqari, dizayn xizmatlarini noldan yaratib berish uchun ham oldindan haq olishning hukmi qanday?
Tahajjud namozining vaqti qaysi vaqtgacha. Uhlab turib oʻqish shartmi?
Tahoratim buzildimi-yo'qmi dep ko'p shubha bo'aldi bu holat aynan namozga kirishmoqchi bo'lsam yel keganday bo'ladi lekin anig;ini bilmayman. Bu holat ko'p bo'ladi. Tahorat qilishim kerakmi?
Madinadan Makkaga tezюrar poezdda ketsam, ehrom niyatini mehmonxonada qilsam bo'ladimi? Ikki rakat namoz va niyatni mehmonxonada o'qisam bo'ladimi? Poezd Zulhulayfaga to'xtamaydi. Yoki avval Zulhulayfaga borib, ikki rakat namoz va niyat qilib, keyin poezdga boraymi? Oldindan rahmat.
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barakotuh! 1) Agar meros taqsimlanganidan keyin marhumning qarzini so'rab kelishsa, qanday yo'l tutiladi? 2) Agar marhumdan qolgan merosda shubhali yoki sudxo'rlikdan kelgan foydalar bo'lsa, meros taqsimlashdan oldin shunaqa pullarni ajratib olib, ehsonga berish kerakmi?
Assalomu alaykum. Bir gap eshitib qoldim, tilla va kumushdan tashqari boshqa metalldan ishlangan taqinchoqlar ayollar uchun mumkin emasmi? Qaynotam «bijuteriya — jinlarning taqinchog'i» deb aytgan edilar. Shuni bilmoqchi edim. Javob uchun oldindan rahmat.
Assalomu alaykum, ustozlar! Ba'zida qilgan ba'zi bir savobli amallarimni birovga: «Allohning hidoyati, tavfiqi va fazli bilan shu amalni qilganman», deyman. Yoki niyatim maqtanish bo'lmasa-da, ba'zi bir amalimni shunchaki aytib qo'yaman. Birovga aytgan shu savobli amalimning hukmi nima bo'ladi? Savobi kamayadimi yoki amalim habata bo'ladimi?
Umra qilgandan so'ng, agar inson bir o'zi kelgan bo'lsa, o'z sochini o'zi kesishi mumkinmi? Shuningdek, sheriklari bilan kelgan bo'lsa ham, sochini o'zi kesib ehromdan chiqib olishi mumkinmi?