Assalomu alaykum. Ramazon oyi yaqinlashmoqda, inshaalloh. Ramazon oyida saharlik qilib, og'izni yopgandan keyin darhol Bomdod namozini o'qish to'g'rimi? Yoki u vaqtda Bomdod vaqti kirmagan bo'ladimi va uning kirishini kutish kerakmi? Ko'pchilikdan og'izni yopgach, Bomdod namozini ham darrov o'qiyman deganini eshitib qoldim.
Vaalaykum assalom. Saharlik vaqtining tugashi va bomdod namozi vaqtining boshlanishi aynan bir vaqtga, ya'ni subhi sodiqqa to'g'ri keladi. Shu bois, taqvimda ko'rsatilgan og'iz yopish vaqti kirishi bilan bomdod namozining vaqti ham kirgan hisoblanadi va uni o'qish durustdir. Ammo vaqt kirganiga to'liq ishonch hosil qilish maqsadida, og'iz yopgandan so'ng biroz kutib, keyin namoz o'qish ehtiyotliroq va afzal sanaladi. Vallohu a'lam.