Assalomu alaykum! Ayolim ota uyiga arazlab ketganida, uni qaytishini bir necha bor aytdim. Bir necha bor aytishimga qaramay, kelavermaganidan so'ng, men unga qaytmasa oxiri yaxshilik bilan tugamasligini aytib xabar yozdim. Shunda ayolim “ajrashmoqchi bo'lsangiz arizangizni yozing, qo'l qo'yib beraman” deb javob yozdi. Men unga “unda javobingni berdim” dedim. Niyatim taloq edi, lekin 1 taloq edi. U “xo'p” deb javob yozdi. Bu xodisaga 1 oy bo'ldi. Xali idda muddati chiqmadi. Shu xolatda raj'iy taloq tushganmi yoki boin taloq tushganmi? Biz qayta nikox o'qitishimiz kerakmi? Javobingiz uchun oldindan raxmat.
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Merosxo'rlar bir o'g'il, ikki qiz va ona bo'lganda, meros qaysi tartibda bo'linadi? Agar merosxo'rlar bir o'g'il, bir qiz va onadan iborat bo'lsa-chi? Misol tariqasida yozma ravishda hisoblab berishingizni so'rayman. Rahmat.
Sun'iy intellekt orqali rasmlarni qimirlatish mumkinmi?
Men bir gunoh ishni bundan buyogʻiga qilib qoʻysam 5000 soʻm ehson qilaman deb qasd qilib qoʻygan edim. Endi nima qilishim kerak?
Turib namoz oʻqish imkon bolmagan inson oʻtrib namoz oʻqisa unig qo'llari qay holda turgan afzal
Er ayoliga "yashaging kelmasa bemalol ketaver" desa taloq tushadimi?
1. Uyqudan uyg'onganimda junub bo'lgan ekanman. Ammo g'usl qilishga sharoit yo'q edi. Tahorat bilan kifoyalansam bo'ladimi? 2. Junub kishi najosat tekkan kiyimlarni alishtiram bo'ldimi yoki hamma kiyimimni almashtirishim kerakmi?
1. Mahr nima uchun beriladi? 2. Mahr nikox vaqtida berilmagan bulsa, qancha vaqtda berilishi kerak? 3. Mahr aniq qancha beriladi.?
Qoʻlimga kley tegib, qotib qolsa shu bilan g'usl qilsa, gusli qabul boʻladimi?
Xozirgi kunda baliq xovuzga toʻlov qilib kiriladi shu joyizmi?