Qoʻlimga kley tegib, qotib qolsa shu bilan g'usl qilsa, gusli qabul boʻladimi?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Badanning biror joyiga bo'yoq yoki elim tegib, teriga suv o'tishini to'sib qolgan bo'lsa avvalo bu narsalarni ketkazib keyin tahorat, g'usl qilish kerak bo'ladi. Ammo g'usldan yoki tahoratdan keyin ko'rib qolgan bo'lsangiz bu narsalarni ketkazib shu joylarni o'zini юvish bilan kifoyalanasiz. G'usl yoki tahoratni qayta qilinmaydi. Vallohu a'lam.