Xozirgi kunda baliq xovuzga toʻlov qilib kiriladi shu joyizmi?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Fatvo markazi tomonidan chiqarilgan fatvoda ko'lga dam olishga kelganlarga qarmoq berib, ma'lum qiymat evaziga muayyan bir vaqtda baliq ovlab hordiq chiqarib ketishlari nazarda tutilgan edi. Buning uchun ko'l egasi kelgan dam oluvchilar o'tirishlari uchun so'ri, ovqat pishirishlari uchun qozon-tovoq va boshqa sharoitlarni muhayyo qilib qo'yishi kerak bo'ladi. Shuningdek, bu ishda har ikki tomon bir-birlarini aldamasliklari va baliq tuta olishi yoki olmasligi muhim bo'lmaydi. Agar ushbu ovlashda mijozlardan olinadigan mablag'lar tutiladigan baliq evaziga bo'lsa, bu ish nojoiz bo'ladi. Bu uchun mukofot tashkil etgan bo'lsa, qimor hisoblanadi va umra kabi ulug' ibodatni aralashtirish esa, gunoh ustiga gunoh hisoblanadi. Чunki mukofot qo'yilmaydigan kunlarda bir soati masalan, 50 ming so'm bo'lsa, mukofot qo'yiladigan kunlari bundan balandroq, masalan, 90 yoki 100 ming bo'ladi. Agar kimdir narxni bir xil qilish uchun mukofot qo'yilgan va qo'yilmagan kunlarni odatdagidan baland qo'ysa, bu ham qimor bo'lib qolaveradi. Yoki narxni odatdagidek qo'ysa va mijozning maqsadi baliq tutish yoki dam olish emas, o'sha mukofotni qo'lga kiritish bo'lsa, qimor bo'lish shubhasi bo'ladi. Mijozlar ana shu mukofot menga chiqib qolar degan umid bilan aytilgan pulni beraveradi. Bu ham to'g'ri emas. Чunki sotuvchi mahsulot sotib olgan xaridorga mukofot berishlik uchun odatiy narxdan oshirmasligi shart ekanligini fuqaholar ta'kidlab o'tganlar. Shuningdek, odatiy narx qo'yganda xaridorning maqsadi mukofotni qo'lga kiritish emas, balki mahsulot bo'lishi lozim. Чunki maqsadi mukofot bo'lsa, qimor bo'lib qolish ehtimoli saqlanib qoladi. Vallohu a'lam.