Assalomu alaykum va rohmatullohi va barakotuh! 1) Agar meros taqsimlanganidan keyin marhumning qarzini so'rab kelishsa, qanday yo'l tutiladi? 2) Agar marhumdan qolgan merosda shubhali yoki sudxo'rlikdan kelgan foydalar bo'lsa, meros taqsimlashdan oldin shunaqa pullarni ajratib olib, ehsonga berish kerakmi?
Vaalaykum assalom varohmatulloh vabarokatuh. 1) Agar meros mol-mulki taqsimlab bo'linganidan so'ng marhumning qarzi borligi ma'lum bo'lsa, bu qarzni to'lash barcha merosxo'rlar zimmasiga юklanadi. Bunda har bir merosxo'r o'ziga tekkan meros ulushi miqdoriga qarab, qarzning tegishli qismini to'lab berishi vojib bo'ladi.
2) Agar merosda harom yo'l bilan tortib olingan mol bor bo'lib, uning egalari ma'lum bo'lsa, ularga qaytarish vojib. Agar egalari noma'lum, lekin harom mol aniq ajralib turgan bo'lsa, uni olish halol bo'lmaydi va egasi nomidan sadaqa qilinadi. Bordiю harom mol haloliga aralashib ketgan va uni ajratib olishning imkoni bo'lmasa, u hukman merosxo'rga halol sanaladi, ammo taqvo va diyonat юzasidan undan tiyilish afzaldir.
Vallohu a'lam.