POLIGRAFIYADA ZAKLAD OLISH

ID: 7069

05.02.2026

176

Savol:

Assalomu alaykum. Men poligrafiya va reklama mahsulotlari sohasida faoliyat юritaman. Ba'zi mahsulotlarni bir necha xil xomashyo va uskunalardan foydalanib tayyorlab beramiz yoki bozordan tayyor mahsulot sotib olib, unga logotip yopishtirib yoxud o'zgartirish kiritib etkazamiz. Mahsulot turi ko'pligi va buюrtmalar miqdori har xil bo'lgani uchun ularni oldindan zaxira qilib qo'ymaymiz. Buюrtma bo'lsa, oldindan 10 foizdan 70 foizgacha miqdorda zaklad olamiz. Sababi, mahsulotga ism yoki logotip tushirilgandan keyin mijoz uni olmasa, boshqaga sota olmaymiz. O'zimizda yo'q mahsulot yoki xomashyo uchun oldindan pul olishimiz joizmi? Shuningdek, ba'zi hollarda xomashyo va uskunamiz yo'qligi sababli mijozdan buюrtma va zaklad olib, mahsulotni boshqa korxonalarda tayyorlatib bersak bo'ladimi? Bundan tashqari, dizayn xizmatlarini noldan yaratib berish uchun ham oldindan haq olishning hukmi qanday?

Javob:

Vaalaykum assalom. Sizning faoliyatingiz shariatda «istisno'», ya'ni ishlab chiqarishga buюrtma berish va xizmat ko'rsatish bitimlariga kiradi.

Bunday bitimlarda ish boshlashdan avval mahsulot yoki xomashyo qo'lingizda bo'lishi shart emas. Oldindan haq olish joiz.

Agar mijoz ishni «shaxsan o'zingiz bajarasiz» deb shart qo'ymagan bo'lsa, buюrtmani boshqa hamkorlaringizga tayyorlatib berishingiz mumkin.

Olingan pulga «kelishuv buzilsa kuyib ketadigan zaklad» sifatida qaralmaslik, balki uni avans sifatida qabul qilish lozim. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar