Assalomu aleykum, savolim quyidagicha: bir qarindoshimning onasi vafot etgandi. Shunda farzandi vafot etayotgan onasi bilan vidolashib turib, "sizlar guvoh bo‘ling, shu kunga qadar qanday va qancha savob ish qilgan bo‘lsam, barchasini onamga berdim" dedi. Shu qanchalik to‘g‘ri?
Assalamu alaykum. Agarda inson Asr kirganini bilmay qolib peshinga niyat qilib namoz o’qisa, bu namoz asrga utadimi, yoki asrini boshqatdan o’qish kerakmi? Peshin qazosini xam boshqatdan o’qish kerak bo’ladimi?
Assalomu aleykum. Oftobda turib qolgan suvidan taxorat olsa bo‘ladimi? Zang idishda turib qolgan suvdanchi? Xozirgi ishlab chiqarilayotgan pardoz schyotkalardan foydalanish mumkinmi eshtishimcha aksari cho‘chqaning Tukidan qilinar ekan
Assalomu alaykum 1. Turib qolgan zanglagan suvga taxorat olsa bo‘ladimi, o‘ftobda qolgan suvdanchi? 2. Hozir chiqayotgan kosmetik shutkalar makiyaj uchun ishlatilinadi ular juda mayin bo‘lib asosan hayvonlarni terisidan yasaladi deyishadi, hatto cho‘chqadan olinadi deyishgan. Aytingchi ularni ishlatish joizmi? Javob uchun raxmat.
Assalomu alaykum, savolim quyidagicha: Dinimizda qiz bolaga Malak ismini qoʻyish joizmi?
Mavzu: Avtomobil ustasining xizmat haqi masalasida shar’iy savol Assalomu alaykum, hurmatli fatvo markazi xodimlari! Men Jizzax viloyatidanman. Shaxsiy avtomobilim avariyaga uchragach, ta’mirlash ishlarini boshlab, barcha tashqi qismlarni tikladim. Faqat elektron boshqaruv tizimida nosozlik bor edi. Jizzaxda malakali mutaxassis topilmagani uchun mashinani Toshkentga olib borib, internet orqali topgan “A” ismli ustaga topshirdim. Men unga: “Mator yangidan yig‘ilgan, faqat elektron xatolik bor. Iltimos, shu qismini tekshirib, kerak bo‘lsa dasturini tuzating,” dedim. Oradan ikki soat o‘tib, u menga: “Mator noto‘g‘ri yig‘ilgan, ochish kerak,” dedi. Men esa: “Ochmang, u to‘g‘ri yig‘ilgan, mator ustasi siz bilan bog‘lanadi,” dedim. Matorni yig‘gan “B” usta “A” ustaga qo‘ng‘iroq qilib, mator to‘g‘ri yig‘ilganini tushuntirgan, ammo “A” bunga ishonmay, boshqa “C” ismli ustaga matorni ochdirgan. Natijada, mator to‘g‘ri chiqib, asl nosozlik “kalitr” (kalit teshgan joy) qismida ekanligi aniqlangan. Men mashinani olgach, “A” ustaga va “C” ustaga alohida haq to‘ladim. “C” usta esa matorni ochib-yopgani uchun yana qo‘shimcha pul so‘radi. Unga: “Agar siz boshida kalitr tishlanganini bilganingizda, xizmat haqi qancha bo‘lardi?” dedim. “Ancha kam bo‘lardi,” dedi. Men: “Unda matorni ochib-yopganingiz ortiqcha ish emasmi? Axir matorda ayb chiqmadi-ku,” dedim. U esa: “Mening vaqtim ketdi,” deb javob berdi. Menimcha, matorni ochish asossiz bo‘lgan, bu holat ustalarning ehtiyotkorligi va mas’uliyatini qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi. Savolim: men matorni ochmang deb aytgan bo‘lsam-da, “A” usta o‘z ixtiyori bilan uni ochdirib, ayb mator emas, kalitrda chiqqan bo‘lsa — bu holda “A” va “C” ustalarning mendan xizmat haqi talab qilishi shar’an to‘g‘rimi? Hurmat bilan,
Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Avvalgi savolga javobingiz uchun raxmat. Farazan: 01.09.2025 kuni xosil yig‘ib olindi va hammasi sotilganda 100 million so‘m pul bo‘ldi. Bundan 10 million so‘m ushrga berildi. Qolgan 90 million so‘m keyingi yil sentyabr ya’ni (01.09.2026) gacha xosil egasining uyida turibdi. Zakot nisobi 2026 yil uchun 70 million so‘m(masalan). Savol: Xosil yegasi shu ushri berilgan ammo 1 yil to‘lgan 90 milliondan zakot ham beradimi? Masalan 2026 yil oktyabr oyi.
Assalomu alaykum. "O‘qituvchi o‘quvchini ursa, o‘quvchining kaltak yegan o‘sha joyi do‘zaxda kuymaydi" degan mazmunda biron sahih hadis bormi?
Assalomu aleykum, ustozlar. Mening yoshim 28 da. Bir farzandim bor. Oilamiz o‘rtacha men diniy ilm o‘rganishni xoxlayman ammo oilamni ham boqishim kerak. Nima qilsam to‘g‘ri hisoblanadi? adashgan birodarlarimga dinni dalillar bilan isbotlab o‘rgatishni istayman ammo ilmim oz. Nima maslaxat berasizlar? Ilm olib, dinga xizmat qilish eng katta orzularimdan biri...
Assalomu alaykum, hurmatli O‘zbekiston Fatvo hayati a’zolari! Quyidagi holat bo‘yicha shar’iy tushuntirish so‘rab murojaat qilaman: Tanish bir ayol Turkiyadan onlayn tarzda 60 dona kiyim va 8 ta tapochka buyurtma qilganini, ularning jami narxi 705 AQSh dollari ekanini ma’lum qildi. U menga murojaat qilib: “Shu narsaning pulini siz to‘lab bering va menga muddatli to‘lov asosida 1 yilga soting,” — deb iltimos qildi. Men o‘sha tovarni shaxsan ko‘rmagan holda, qayni ukam orqali 705 AQSh dollarini o‘sha ayolga berdim. Tovar esa uning nomi bilan buyurtma qilingan. Shu munosabat bilan quyidagi savollar bo‘yicha shar’iy izoh so‘rayman: Ushbu holatda men tomonimdan amalga oshirilgan to‘lovni ustiga qo‘yib, muddatli savdo (murobaxa) shaklida sotishim shar’an joiz hisoblanadimi, agar men tovarni ko‘rmagan va mulk qilib olmagan bo‘lsam? Agar bu amal shar’an no joiz (riboga olib keluvchi) bo‘lsa, mening qilgan ishim qarz berish (qard hasana) sifatida qabul qilinishi mumkinmi? Agar buni qarz deb hisoblash to‘g‘ri bo‘lsa, men undan asli to‘lab bergan pulni qaytarishini so‘rab, tezroq qaytarish chorasini ko‘rishini aytsam, bu shar’an to‘g‘rimi? Umuman olganda, agar xaridor biror narsani o‘zi ko‘rib, yoqtirib, asli narxini aniqlab, lekin sotib olish uchun puli bo‘lmagan taqdirda, moliyaviy imkoniyati bor kishi o‘sha narsaning pulini to‘lab berib, keyin muddatli to‘lov asosida sotsa — bu holat shar’an joiz hisoblanadimi?