Assalomu alaykum, Ustozlar. Ko'pincha namoz o'qish uchun masjidga borsam, imomga "iqtido qildim" deyishni unutaman niyatni aytayotganda. Va 2-3 kishi bo'lib namoz o'qisak, "imom bo'lishni niyat qildim" demayman. Shu namozlarim nima bo'ladi?
Bizlar Umrada ko'p ko'ramiz, safardagi kishi, masalan, safarda Juma namozi kirgan paytda haydovchiga "To'xta" deymiz. U "Masjid yo'q yo'lda" deydi. Biz Juma namozini qazo qilgan bo'lamizmi shunda yoki qazo bo'lmaydimi safardagi kishiga?
Erkak kishi qo'liga narsa taqsa bo'ladimi? Albatta, u tilla emas.
Xomilador ayollarni soch kaltalatishi yuki soch oldirishi mumkinmas digan gap eshitim. Bu gap dinda yuk ligini bilaman, lekn uzbek ayollarini ishontirish. Irim sirim eskilarni gapi degan faktorlariga kaysi xadis yuki ulomolarni gapidan misol keltirsam buladi ?
Fargonada yashayman, rasmiy ofisimiz Polshada joylashgan, u erdan kolgan evropa davlatlariga borib ishlayman (fura mashina xaydovchisiman), bir davlatda 1-2 kun turaman, keyin yana boshka davlatga ketaman, xar yili 8-10 oy ishlab Fargonaga kaytaman, shu xolatim buyicha namozlarimni kanday ukishim kerak
Savolim musofir namozi haqida. Men 5 yildan buyon Jizzax shahrida (4yil oʻqish va 1 yil ish) ijarada istiqomat qilib kelmoqdaman. Uyim Gʻallaorolning Juma qishlogʻida(88-89) km. Boʻydoqman. Ota onam yaqinlarim,prapiskam ham qishloqda. Bir haftada yoki ba'zan 14-30 kunda bir boraman uyga. Jizzax shahrida namozni musofir namozi qilib oʻqiymanmani ? Oʻqisam qanday?
Yo‘lda ketayotganda biror narsa topib olsam nima qilishim kerak? Masalan pul yoki rumolcha buni egasi yo‘q bo‘lsa atrofda hech kim bo‘lmasa nima qilishim kerak?
Assalomu alaykum. Ikkita yosh bolam bor, kichigi 6 oylik. Namozimni boshlashim bilan ikkalasi ham injiqlik qiladi. Shuning uchun xuftondan keyin qazo qilib o'qisam gunohkor bo'lib qolmaymanmi? Yo'l ko'rsating.
Assalomu alaykum va rohmatullohu va barokatuh. 2 yoshga to'lmagan bola peshob qilgan kiyimda namoz o'qisa bo'ladimi? Men shunday narsani eshitgandim. Ammo bunday ma'lumotni topa olmadim.
Assalomu alaykum, domla. Savolim shuki, men ba'zan Vitr namozining uchinchi rakatida qunut duosini o'qimay, sajdaga ketib qolaman. Keyin sajdai sahv qilaman. Shu to'g'rimi?