YOSH BOLALAR SABABLI NAMOZNI QAZO QILIB O'QISH

ID: 4564

26.11.2025

79

Savol:

Assalomu alaykum. Ikkita yosh bolam bor, kichigi 6 oylik. Namozimni boshlashim bilan ikkalasi ham injiqlik qiladi. Shuning uchun xuftondan keyin qazo qilib o'qisam gunohkor bo'lib qolmaymanmi? Yo'l ko'rsating.

Javob:

Vaalaykum assalom. Farz namozlarini qasddan o'z vaqtidan o'tkazib, qazo qilib o'qish katta gunoh sanaladi. Bolalarning injiqligi bunga shar'iy uzr bo'la olmaydi. Siz namozni vaqti chiqib ketmasidan, bolalar tinchlangan paytda yoki qisqa suralar bilan tezlashtirib bo'lsa-da, o'z vaqtida o'qishingiz shart. Alloh ibodatlaringizda kuch-quvvat va sabr bersin. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar