MUSOFIR NAMOZI

ID: 4573

27.11.2025

127

Savol:

Savolim musofir namozi haqida. Men 5 yildan buyon Jizzax shahrida (4yil oʻqish va 1 yil ish) ijarada istiqomat qilib kelmoqdaman. Uyim Gʻallaorolning Juma qishlogʻida(88-89) km. Boʻydoqman. Ota onam yaqinlarim,prapiskam ham qishloqda. Bir haftada yoki ba'zan 14-30 kunda bir boraman uyga. Jizzax shahrida namozni musofir namozi qilib oʻqiymanmani ? Oʻqisam qanday?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Dinimiz ko'rsatmalariga ko'ra, kishi uch kecha-kunduzlik (≈96 km) masofani niyat qilib, o'z shahridan chiqsa musofir hisoblanadi. Mazkur masofadan oz miqdorga borgan kishi musofir hisoblanmaydi. Demak, siz 40 km masofaga borganingiz uchun musofir hisoblanmaysiz. Shunday ekan, siz bunday vaziyatda uyingizda namozni qanday o'qisangiz borgan joyingizda ham shunday namoz o'qiysiz. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar