Hurmatli ustozlar savolim shundan iboratki kundalik hayotda islatiladigan atirlar tarkibida spirt bolsa bularni tanaga va kiymlarga ishlatish joizmi
savolim shundan iboratki, har qanday baliq goʻshti xalol boʻladimi?
Ertalab uyg'onsam ehtilom bo'lib qolibman. G'uslni o'rniga Tayammum qilib namoz o'qisam bo'ladimi?
Assalomu alaykum! Uylanish arafasidagi yigitman. Amakim (otamning ukasi) ning oilasidan ajrashgan qizi bor. Men uni yana bir boshqa oilada qiynalishini istamayman. Shu sabab uni o'z nikohimga olib, uylanishim mumkinmi?
Assalomu alaykum. Men bolalar massaji bo'yicha tahsil olayapman, yaqinlarimga massaj qilib qo'yaman desam, ko'pincha g'alati irimlar haqida gapirishadi. "Massaj qilgan insonga massaj olganning юki tushadi", ya'ni uning dardi bunga o'tadi degan gapni aytishadi. Men bunday isbotsiz gaplarga ishonmayman va aslida buning hukmi qandayligini bayon qilishingizni iltimos qilaman. Iloji bo'lsa, shu mavzu юzasidan xalqimizga ommaviy tushuntirish ishlari olib borsangizlar xursand bo'lar edim.
Assalomu alaykum. Biz foyda ko'rish maqsadida dehqonchilik qilamiz, ya'ni sholi ekamiz. Ikki yil bo'ldi, hali sholimizni sotganimiz yo'q. Qolaversa, bo'lib to'lash (muddatli to'lov) bo'yicha uy ham xarid qilganman, hali uy nomimga o'tgani yo'q, ya'ni qurilishi yakunlanmadi va hozirda oylik to'lov qilaman. Hozirda yashashga uyim bor, yangi uyni mulk sifatida sotib olayapman, kelajakda farzandlarim uchun. Undan tashqari, o'zimni tijoratim ham bor. Savolim shundan iboratki: men zakot hisoblash vaqtida sotilmagan g'allamga va tayyor bo'lmagan uyimga qanday zakot chiqaraman? Qolaversa, mening bir qarindoshim bor. Ular chin etim, buvisi bilan qolgan ikki farzandlar. Bittasi maktabni bitirgan, yana birsi maktabda 10-sinf o'quvchisi. Men zakotimni shularga berishni niyat qilganman. Ular davlatning kam ta'minlangan oilalar ro'yxatida turishadi. Zakotni shularga bersam bo'ladimi? Yana bitta savolim shundan iboratki: dehqonchilikda ushr beriladi deb eshitganman. Shuni mahsulot emas, pul ko'rinishida berilsa bo'ladimi? Javob uchun rahmat.
Erkak kishi o'z ahli ayolining ko'kragini emib, sutini ichsa bo'ladimi?
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh. Allohdan farzand ko'rish uchun niyat qilib, "O'g'il bersang, ismini Muhammad qo'yaman" degan edik. Hozirda qarindoshlar orasida bu ismdan deyarli hammasi foydalangan. Shu sababli tug'ilajak farzandimizning ismini Abdulloh deb qo'ymoqchi bo'lib turibmiz. Shu haqda maslahat bersangiz. Oldindan rahmat.
Assalomu alaykum. Otamning qarzlari ko'p, hozirda sog'lom emaslar, kasb qilmaydilar. Akam va men otamning qarzlarini to'lab kelmoqdamiz, lekin juda katta qarzlari bor. Alloh qodir qilgancha beryapmiz. Savolim shuki. Otamning jigarlari bor (opa-singil va akalari). Ular juda katta mulkdor insonlar, qarzni to'lash ular uchun hech qanday mushkulot emas, lekin otamga yordam berishmaydi. Ularning fikricha, otam bu qarzni bizni boqish uchun olgan ekanlar, shu sabab bu qarzni biz, akam va men to'lashimiz kerak ekan. Bu gapni shaxsan o'zimga aytishgan. Silai rahm farz bo'lsa, bu qarzni ular berishi kerak emasmi? Otamning jigarlariga nima farz, biz farzandlarga nima farz? Savolim uzun bo'lgani uchun uzr so'rayman.
Assalomu alaykum. Umraga borgan insonning duosi 40 kungacha qabul bo'ladi degan gap xalqimiz orasida юradi. Shu gapga bironta hadis bormi? Bu gap qanchalik to'g'ri?