Assalomu alaykum, menda savol bor edi: Qon tarkibidagi plazmani donor sifatida topshirib, uning evaziga pul olish harom amalmi? Bu a'zolarni sotish hukmida bo'lib qoladimi? Javob uchun rahmat.
Assalomu alaykum. Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda onlayn kinolar pulga sotilyapti. Men shu kinoni sotib olib, boshqalarga sotsam bo'ladimi?
Assalomu alaykum. Vitr namozini qanday o'qiladi va sajdai sahvni qanday qilinadi?
Assalomu alaykum! Men ko'p qavatli uylarning 1-qavatida istiqomat qilaman. Bizning uyimizga ichimlik sovuq suv uchun alohida nasos, uylarni isitish uchun alohida nasos o'rnatilgan va юqori qavatlarga chiqib-tushish uchun lift o'rnatilgan. Bu uchalasiga bitta hisoblagich qo'yilgan. Men birinchi qavatdaligim uchun liftdan umuman foydalanmayman. O'zimni uyim uchun alohida isitish o'rnatganim uchun issiqlik nasosidan foydalanmayman. Faqat sovuq suv nasosidan foydalanaman. Hozirda hisoblagich umumiy 5 million qarzdorlik chiqarib qo'ygan. Shu qarzdorlikni teng qilib hamma xonadonga taqsimlashyapti. Lekin men aytdim: "Faqat sovuq suv nasosi uchun pul beraman", deb. Ular: "Kemaga tushganning joni bir", deb javob berishyapti. Bu qanchalik to'g'ri? Mening ortiqcha haqqim qo'shnilar uchun harom bo'lib qolmaydimi?
Assalomu alaykum. Peshin namozini vaqtida o'qishga ulgurmadim. Asr namozining vaqti kirib qoldi. Asr namozini o'qiymanmi yoki oldin Peshin namozini o'qib, keyin orqasidan Asr namozini o'qiymanmi? Javob uchun oldindan rahmat.
Farzand tug'ilganda 21-kuni sochini olib, o'lchab, kumush miqdorida hisoblab, pulini masjidga bersa bo'ladimi?
Assalomu alaykum. Azon aytishda tushunmayotgan joyimda so'ramoqchi edim. Azon "Allohu akbar" deb to'rt marta aytilgandan keyin, "Ashhadu an laa ilaha illalloh" so'zi keladi. Shu joyining "an laa" qismi an laa yozilganday o'qiladimi yoki aytilishda alla kabi eshitiladimi? Men arabcha o'qilishini an laa o'qiyapman, lekin eshitsam, azon eshitsam, xayolimga alla eshitilyapti. Shu joyni tushuntirib bersangiz.
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Bilamizki, Voqea va Taborak (Mulk) suralarining xosiyatlari va ularning barakotlari haqida ko'p gapiriladi. Shu suralarni namozdan keyin o'qisa, qabr azobi va kambag'allikni ko'rmaydi, deyishadi. Shuni yoddan o'qish kerakmi yoki kitobdan (mushafdan) o'qisa ham hisobmi? Oldindan rahmat.
Assalomu alaykum. Men kelajakda shifokor bo'lmoqchiman. Qanday turdagi shifokorlik kasbini tanlasam, dinimga foydaliroq bo'ladi?
Inson tanasidagi tuklarini 40 kunda olib turmasa makruh bular ekan. Ammo tuklari tez usmaydigan inson 40 kundan kuproq vaqtda ham olsa buladimi?