Assalomu alaykum. Umraga borgan insonning duosi 40 kungacha qabul bo'ladi degan gap xalqimiz orasida юradi. Shu gapga bironta hadis bormi? Bu gap qanchalik to'g'ri?
Vaalaykum assalom. Umra ziyoratidan qaytgan kishining duosi 40 kun davomida qabul bo'lishi haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan kelgan xos hadis yo'q. Shunday bo'lsa-da, umradan qaytgan kishi gunohlardan poklanib, qalbi юmshagan holatda bo'ladi, shu sababli uning duosidan umid qilinadi. Kun sanamasdan, yaxshi niyat va ixlos bilan ulardan duo so'rash maqsadga muvofiqdir. Vallohu a'lam.