Ba’zi insonlar o‘tganlarining qabrlari ustiga doimiy Qur’on tilovat qilib turuvchi chiplarni o‘rnatib qo‘ymoqdalar. Shu ish joizmi, ushbu tilovatlardan mayyitga savob yetadimi?
Masjidga bemalol yurib keladiyu lekin yerga o‘tirib namoz o‘qishga biroz qiynaladigan kishi stulda o‘tirib namoz o‘qishi mukinmi?
Peshin namozida imom mikrofon taqib olganligi uchun garchi maxfiy o‘qiyotgan bo‘lsada uning qiroati orqadagilarga eshitilib turdi. Bu holatda qiroat jahriy bo‘lib qolmaydimi. Axir peshinda qiroat maxfiy bo‘lishligi kerakku?
Masjidda yosh bolalar kattalar orasida turib namoz o‘qishi mumkinmi?
Oldingi ummatlarda ham namoz ibodati bo‘lganmi, bo‘lsa qay tartibda o‘qilgan?
Imom iqomat takbiridan keyin namozga kirishishdan avval qavmga qarata: “Saflarni to‘ldirib olinglar”, deyishi to‘g‘rimi?
Juma namozi o‘qilayotgan vaqt chiroq o‘chib, biz imomning ovozini eshitmay qoldik va ikkinchi rakatni har kim o‘zicha o‘qidi. Bizning namozimiz to‘g‘ri bo‘ldimi?
Qishlog‘imizda bir yigit bir yil oldin suvga oqib ketgan edi. Odamlar qidirib topolmaganlar. Roppa rosa bir yildan keyin uning suyaklari topildi. Bo‘ynidagi zanjiri (sepochkasi)dan o‘sha bola ekanligi aniqlandi. Savolimiz shuki unga shu (quruq suyak, sklet) holida janoza o‘qiladimi?
Biz Umra ziyoratiga borganimizda Madinai munavvaradan Makkai mukarramaga ketishda poyezd orqali borishimizga to‘g‘ri keldi. Lekin poyezd miyqotga to‘xtamas ekan. Biz ehromga qachon va qayerdan kirishimiz kerak bo‘ladi?
Ikki kishi bir mashinani sherik bo‘lib sotib olsa, keyin biri ikkinchisiga o‘z ulushini bo‘lib to‘lashga sotishi mumkin deb eshitdim shu to‘g‘rimi?