SUYAKKA JANOZA O‘QILADIMI?

ID: 75

04.04.2025

70

Savol:

Qishlog‘imizda bir yigit bir yil oldin suvga oqib ketgan edi. Odamlar qidirib topolmaganlar. Roppa rosa bir yildan keyin uning suyaklari topildi. Bo‘ynidagi zanjiri (sepochkasi)dan o‘sha bola ekanligi aniqlandi. Savolimiz shuki unga shu (quruq suyak, sklet) holida janoza o‘qiladimi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Yo‘q, faqat suyagi topilgan bo‘lsa, unga janoza o‘qilmaydi. Chunki janoza butun jasadga yoki jasadning aksariga shuningdek, kamida bosh bilan birga jasadning yarmi bo‘lsa, o‘qiladi. Jasad deb et va suyak birikmasiga aytiladi. Suyakning o‘ziga jasad deyilmaydi. Demak, bu holatda suyaklar biror matoga o‘ralib dafn qilinadi janoza o‘qilmaydi. “Badoye’us sanoye” kitobida quyidagicha keltirilgan:

أن العظام لا يصلى عليها بالإجماع.

“Ulamolar ijmosiga ko‘ra suyaklarga janoza o‘qilmaydi”. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar