Ukam vafot etdi, undan voyaga yetmagan bir o‘g‘il va bir qiz qoldi. Ularga onasidan tashqari kimlar haqliroq va kimlar mas’ul? Javob uchun avvaldan rahmat.
Ro‘zador kishining og‘ziga yomg‘ir yoki qor parchasi kirsa, ro‘za buziladimi?
"Kilka" degan konserva bor. Arzon baliq, uzunligi 3 sm atrofida, ichi tozalanmagan, shu halolmi?
Xalqimizda ilon sho‘rva erkak kishiga quvvat beradi, degan gap bor. Aytingchi ilon sho‘rva halolmi?
Bir qiz bola yigit bilan (ular sevishmagan bo‘lsa) to‘g‘ri ma’noda do‘stlashishi yoki birga dars tayyorlashi mumkinmi?
Adashgan, bevaqt ona bo‘lgan qizlar haqida ularning shaxsini oshkor qiluvchi axborotlar turli manbalarda turlicha tarqatilmoqda. Bu kabi maxfiy tutilishi lozim bo‘lgan axborotni tarqatuvchilar haqida qonuniy javobgarlik bor. Ayb ish sodir etgan kishilar haqida axborotlarni oshkor qilishga dinimizda qanday munosabat bildiriladi?
Yaqinda eshitib qoldim, jinsiy aloqadan oldin xotin kishining sochlari o‘rilgan bo‘lsa, g‘usl qilayotganda boshini o‘rtasiga mash tortsa bo‘ldi, deyishdi, shu to‘g‘rimi? Agar noto‘g‘ri bo‘lsa, qoidasini tushuntirib berishingizni so‘rayman.
Musulmonlar orasida Ahli sunna val jamoa degan so‘z tez-tez ishlatiladi. Bugungi kundagi har xil toifalar ham o‘zlarini ahli sunnamiz, deb boshqalarni bid’atchiga, adashganga chiqarmoqdalar. Aslida, "Ahli sunna val jamoa" deganda aynan kimlar tushuniladi? Mana shu haqida biroz tushuncha bersangiz.
Janoza namozi o‘qish oldidan imom-domla marhumning yaqinlaridan birini chaqirib: “Mayyitning oldi-berdilari bo‘lsa zimmangizga olasizmi?” – deb so‘raydi. Mayyitning egasi marhumning qarzlarini zimmasiga olgandan keyin janoza o‘qiladi. Qarzlarni zimmasiga olgan kishi to‘lab beradimi, u zimmasiga olishi bilan mayyit “haqqul abd (bandaning haqqi)”dan xolos bo‘ladimi?
Men diniy kitoblarni o‘qiyotganimda farz, vojib, sunnat, nafl, mustahab, makruh, degan so‘zlarga duch kelaman. Yana shunaqa so‘zlar bo‘lsa ularni ham qo‘shib tushuntirib bersangiz.