Assalomu alaykum. Namozni adashib qiblaga qaramasdan boshqa tarafga qarab 5 mahal namozni o‘qib qo‘ysa qazosini o‘qish kerakmi?
Savol: Assalomalekum. Mahsulot sotish va xizmat ko‘rsatishga shartnoma kilinganda, shartnomada shartlar kursatiladi. Agar shartnoma bajarilgandan kegin uni haqi to‘lab berilmasa. U hak sud orqali undiriladi. Bu holatda shartnomada ko‘rsatilgan shartlar buyicha xakni tulashga kechiktirilgan xar bir kunga kushimcha undiruv xisoblanadi. masalan karzdor 100 sum karz bulsa uni 100 kunga kechiktirilsa 40 sumgacha penya xisoblanadi va sudga ajrim uchun beriladi. Sud barcha xujjatlarni ko‘rib chiqib asosiy karz davlat boji va suralgan peniyani kanchadir kismini undirishga karor chikaradi. masalan bu 5 sum yoki 30 sum bulishi mumkin. Savol shu undirilgan kushimcha penya olish kanchalik tugri buladi. bitta kushimcha shartnomadan xar bir kechiktirilgan kuni uchun 0.% ikki tomon kelishgan xolda kursatish mumkin. lekin shartnomada kursatilmasa bu konunda 0.4% xisoblash mumkin. Javob: Islom shariatiga ko‘ra, savdo va xizmat ko‘rsatish shartnomalarida to‘lov kechikkani uchun sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi foydasiga jarima (penya) tayinlash durust emas. Yangi savol: Oldingi olingan penyalarni nima kilishimiz kerak?
Assalomu aleykum, Namozda 1 rakatda 3 yoki 4 ta kichik suralarni jamlab zam sura qilsa bo'ladimi?
Assalomu alaykum ba’zi insonlar 18 ming olamni yaratgan Allohga hamdu sanolar bo‘lsin deb duo qilishadi. Rostdan ham Alloh 18 mingta olamni yaratganmi?
Assalomu alaykum. Bizni qishloqda (Buxoro viloyat Qorako'l tumani) ba’zi odamlar bolasi bemor bo'lib qolsa yoki yomon tushlar ko'rsa, yoshi katta g'ayritabiiy usulda davolovchilardan qo'l olgan shaxsga borib dardini aytadi va «qo'l olgan» shaxs bolani boshi atrofida bir necha marta olovni (paxta yoki lattani yoqib) aylantiradi va nima sababdan bemor bulganini va tuzalishi uchun nima kilishi kerakligini aytadi. Ko'p hollarda dardini aytishmasa ham «qo'l olgan» shaxs buni to'gri topadi va bolaning boshini qisib yoki og'riq nuqtasini silab qo'yganda ma'lum muddatgacha tinchlanib bezovta bo'lmaydi. Bu karomatni ko'rgan bemorlar ixlosi ortib yana kelaverishadi yoki boshqalarga xam tavsiya kilishadi. Ushbu amal bizda «Alas» deb nomlanadi. Bir necha yil avval amakimning xotini (yangamiz) axvoli yomonlashganda «alas» qildirib turardi. Bu xolat tez-tez takrorlanavergach, alas kiluvchi momoning unga «seni orqang kuchli ekan, sen xam qo'l olib boshqalarni alas qilib turmasang axvoling yomonlashaveradi» degan ma’nodagi ko'rsatmasi bilan o'zi xam «qo'l olib» bir necha yillardan beri bemorlarni alas qiladi. Bugungi kunda u kishiga alas qildiruvchilar soni ortib, qo'shni qishloqlardan xam tez-tez kelib turishadi. Yangamizning aytishicha olovni bemor boshi atrofida aylantirgach, yonidagi idishdagi suvda nima dardi borligi ko'rinarkan. Yangamiz namozxon va folbinlik va sexr-joduga qarshi ekaninin aytib keladi. 1-savol, ushbu amal shariatda joizmi ? 2-savol, agar Alas qilish nojoiz bo'lsa, bu amal jarayonini yaxshi biladigan maxalliy masjid imomlari shariatda joiz (ba'zi odamlargagina beriladigan karomat) deb fatvo bergan bo'lsa ularga nisbatan Diniy idora tomonidan qo'llanadigan choralar bormi ?
Qunut duosini bilmiman vitr nomoz 3rakat qanday oqiman
Assalomu alaykum! Ayol xomilador bo‘lsayu, er majburlikdan chetga ishlagani ketsa, ayol erini uyida yolg‘iz (ovunishga hali farzandi yo‘q) qaynona qaynota, ovsinu ularning farzandlari bilan yashamay, onasinikida turishi qanchalik to‘g‘ri? (Ayol avvalgi xomilasini 8 oylikda yo‘qotgan unda ham erdan uzoqligi, siqilish sabab. Erni uyida o‘ladigan ish yo‘q ammo ayol eri yonidamasligidan eziladi, uy uyda vaqt sekin o‘tadi. Qaynotasining katta qarzi tufayli ketishga majbur bo‘lgan. Xomilador holida eridan boshqa odamga yegisi kelgan narsani aytolmaydi tortinib, faqat eri pul topib olib kelgan nasibani halovat bilan yeyoladi, oilada qaynaka va ovsin uyda ro‘zg‘or qilsa bir kosa ovqatni hamma kabi yeyoladi xolos ortig‘ni yemaydi. O‘zlarining farzandini rizqi deb. Nimadir tugab qolsa qolmadimi, tugab qoldimi deb so‘ralsa xuddi o‘zi yeb tugatib qo‘yadigandek. Ovsin ishlaydi, ertalab ketib kechga qaytadi, bollari uyda sho‘x.) Erni oilasi esa kelinni onasinikida turishiga qarshiroq, ep ko‘rishmaydi (vaholanki muammo kelinning hissiyotlarini tushunmasliklarida), yo uydagi ishlar qolib ketayotganidan yo odamlarning gap so‘zidan qo‘rqib (eri ketishiga kelinni ham jo‘natib yuborishibdi degandek). Gap faqat er bilan yotib turishda (uzr, pastel da) emas. Ayol erini oldida o‘zini halovatda his qiladi, xomilador holida suyanishni, yonida bo‘lishini, erkalik qilishni, mehr olishni xohlaydi. To‘g‘ri ayol o‘z onasinikida eri bilan yashamaydi, ammo u yerda xohlagan narsasini beminnat isteʼmol qiladi (xomilaga kerakli bo‘lgan), erkin bo‘ladi. Kechasi yolg‘iz yotmaydi. Gap shundaki ona uyida otasi va onasi bor xolos. Shuningdek, ayol erini uyida qaynakasi va ovsini oilasi bilan bolalari bilan baxtiyor, kulishib xursand yurishsa ayolning xo‘rligi keladi. Balki qaynaka ham ukasiga yordam berganida I ham xotinini tashlab ketmasdi.
Savol: Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! Mobil operator (masalan, Ucell) tomonidan taqdim qilinadigan “Avans” yoki “Qarz” xizmati bor. Bu xizmatda mijoz balansida mablag‘ tugaganida, operator unga ma’lum miqdorda pul (masalan, 41000 so‘m) beradi. Keyin esa keyingi to‘lovda o‘sha summa ustiga qo‘shimcha “xizmat haqi” (masalan, 9840 so‘m) olib qoladi. Shu qo‘shimcha “xizmat haqi” diniy jihatdan ribo (foiz) hisoblanadimi yoki bu alohida xizmat ko‘rsatish sifatida joiz sanaladimi? Umuman olganda, bunday xizmatlardan foydalanish musulmon uchun halolmi yoki harommi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
Assalomu alaykum Xanafiy mazhabida Namozga Takbir aytib kirishda bosh barmoq quloq yumshog'iga emas balki qo'llarni yelka barobarida ko'tarish Sunnatga muvofiq deb videoda ko'rgandim. Bu qanday bo'ladi tushuntirib bersangiz. Javob uchun oldindan raxmat
Assalomu alaykum. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Bizga ikki o‘limtik va ikki qon halol qilindi. Ikki o‘limtik baliq va chigirtkadir. Ikki qon bo‘lsa, jigar va qora taloqdir», dedilar». Ibn Moja va al-Hokim rivoyat qilganlar. Savolim shundaki, yurak halol hisoblanadimi yoki harom?