18 MING OLAM HAQIDA TUSHUNCHA

ID: 2907

29.09.2025

470

Savol:

Assalomu alaykum ba’zi insonlar 18 ming olamni yaratgan Allohga hamdu sanolar bo‘lsin deb duo qilishadi. Rostdan ham Alloh 18 mingta olamni yaratganmi?

Javob:

“18 ming olam” iborasi ba’zi tafsir kitoblarida, xususan Imom Suyutiyning "Ad-Durrul Mansur fit tafsiri bil ma’sur" kitobida Vahb ibn Munabbihdan naql qilingan. Ba’zi ulamolar olamlar sonini 80 ming desa, boshqalari son-sanoqsiz darajada ko‘p deyishgan. Biroq, bu raqamlar Qur’oni karim oyatlari yoki sahih hadislarda kelmagan. Umuman olganda, bu ibora Alloh taoloning cheksiz qudratga ega ekanini, U zot yaratgan mavjudotlar juda ko‘pligini ifodalash uchun ishlatilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar