TIBBIYOT VA TABOBATDAN XABARI BULMAGAN KISHINING BEMORLARNI (ASOSAN BOLALARNI) GAYRITABIIY USULDA DAVOLASHI, KASALLIK SABABI VA DAVOSINI SUVGA KARAB AYTIB BERISHI JOIZMI YOKI FOLBINLIKKA UXSHAGAN TAKIKLANGAN AMALMI ?

ID: 2906

29.09.2025

206

Savol:

Assalomu alaykum. Bizni qishloqda (Buxoro viloyat Qorako'l tumani) ba’zi odamlar bolasi bemor bo'lib qolsa yoki yomon tushlar ko'rsa, yoshi katta g'ayritabiiy usulda davolovchilardan qo'l olgan shaxsga borib dardini aytadi va «qo'l olgan» shaxs bolani boshi atrofida bir necha marta olovni (paxta yoki lattani yoqib) aylantiradi va nima sababdan bemor bulganini va tuzalishi uchun nima kilishi kerakligini aytadi. Ko'p hollarda dardini aytishmasa ham «qo'l olgan» shaxs buni to'gri topadi va bolaning boshini qisib yoki og'riq nuqtasini silab qo'yganda ma'lum muddatgacha tinchlanib bezovta bo'lmaydi. Bu karomatni ko'rgan bemorlar ixlosi ortib yana kelaverishadi yoki boshqalarga xam tavsiya kilishadi. Ushbu amal bizda «Alas» deb nomlanadi. Bir necha yil avval amakimning xotini (yangamiz) axvoli yomonlashganda «alas» qildirib turardi. Bu xolat tez-tez takrorlanavergach, alas kiluvchi momoning unga «seni orqang kuchli ekan, sen xam qo'l olib boshqalarni alas qilib turmasang axvoling yomonlashaveradi» degan ma’nodagi ko'rsatmasi bilan o'zi xam «qo'l olib» bir necha yillardan beri bemorlarni alas qiladi. Bugungi kunda u kishiga alas qildiruvchilar soni ortib, qo'shni qishloqlardan xam tez-tez kelib turishadi. Yangamizning aytishicha olovni bemor boshi atrofida aylantirgach, yonidagi idishdagi suvda nima dardi borligi ko'rinarkan. Yangamiz namozxon va folbinlik va sexr-joduga qarshi ekaninin aytib keladi. 1-savol, ushbu amal shariatda joizmi ? 2-savol, agar Alas qilish nojoiz bo'lsa, bu amal jarayonini yaxshi biladigan maxalliy masjid imomlari shariatda joiz (ba'zi odamlargagina beriladigan karomat) deb fatvo bergan bo'lsa ularga nisbatan Diniy idora tomonidan qo'llanadigan choralar bormi ?

Javob:

"Alas" qilish amali shariatimizga ko‘ra nojoizdir. Dinimizda ham, tibbiyotda ham bu kabi usul bilan davolanish yo‘q. Chunki bundagi olov aylantirish va suvga qarab g‘aybdan xabar berish kabi holatlar karomat emas, balki jinlar yordamida amalga oshiriladigan folbinlik va kohinlikdir. Bu yo‘l bilan shifo izlash, garchi vaqtincha yengillik his etilgandek tuyulsa-da, insonni jarlikka yetaklaydigan katta gunoh sanaladi. Shu sababli, bu ishni shar’iy karomat deb atab, uni joiz degan fatvolar xatodir va unga amal qilinmaydi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar