XOMILADORLIK

ID: 2902

29.09.2025

283

Savol:

Assalomu alaykum! Ayol xomilador bo‘lsayu, er majburlikdan chetga ishlagani ketsa, ayol erini uyida yolg‘iz (ovunishga hali farzandi yo‘q) qaynona qaynota, ovsinu ularning farzandlari bilan yashamay, onasinikida turishi qanchalik to‘g‘ri? (Ayol avvalgi xomilasini 8 oylikda yo‘qotgan unda ham erdan uzoqligi, siqilish sabab. Erni uyida o‘ladigan ish yo‘q ammo ayol eri yonidamasligidan eziladi, uy uyda vaqt sekin o‘tadi. Qaynotasining katta qarzi tufayli ketishga majbur bo‘lgan. Xomilador holida eridan boshqa odamga yegisi kelgan narsani aytolmaydi tortinib, faqat eri pul topib olib kelgan nasibani halovat bilan yeyoladi, oilada qaynaka va ovsin uyda ro‘zg‘or qilsa bir kosa ovqatni hamma kabi yeyoladi xolos ortig‘ni yemaydi. O‘zlarining farzandini rizqi deb. Nimadir tugab qolsa qolmadimi, tugab qoldimi deb so‘ralsa xuddi o‘zi yeb tugatib qo‘yadigandek. Ovsin ishlaydi, ertalab ketib kechga qaytadi, bollari uyda sho‘x.) Erni oilasi esa kelinni onasinikida turishiga qarshiroq, ep ko‘rishmaydi (vaholanki muammo kelinning hissiyotlarini tushunmasliklarida), yo uydagi ishlar qolib ketayotganidan yo odamlarning gap so‘zidan qo‘rqib (eri ketishiga kelinni ham jo‘natib yuborishibdi degandek). Gap faqat er bilan yotib turishda (uzr, pastel da) emas. Ayol erini oldida o‘zini halovatda his qiladi, xomilador holida suyanishni, yonida bo‘lishini, erkalik qilishni, mehr olishni xohlaydi. To‘g‘ri ayol o‘z onasinikida eri bilan yashamaydi, ammo u yerda xohlagan narsasini beminnat isteʼmol qiladi (xomilaga kerakli bo‘lgan), erkin bo‘ladi. Kechasi yolg‘iz yotmaydi. Gap shundaki ona uyida otasi va onasi bor xolos. Shuningdek, ayol erini uyida qaynakasi va ovsini oilasi bilan bolalari bilan baxtiyor, kulishib xursand yurishsa ayolning xo‘rligi keladi. Balki qaynaka ham ukasiga yordam berganida I ham xotinini tashlab ketmasdi.

Javob:

Shar’an, ayol erining uyida yashashi lozim bo‘lsa-da, homiladorlik paytida erning roziligi bilan o‘ziga qulay va xotirjam muhitda yashashiga ruxsat beriladi. Erining oilasi kelinning holatini tushunishi, unga g‘amxo‘rlik qilishi va uni keraksiz gap-so‘zlaru ruhiy siqilishlardan asrashi lozim. Homiladorlik davrida er ham ayoliga qo‘shicha zaruriy ozuqalar yetkazib turishi va homiladorlik sog‘lom o‘tishi uchun barcha sabablarni hozirlashi lozim. Agar ayol onasining uyida o‘zini xotirjam, erkin va sog‘lom his qilsa, erining ruxsati bilan u yerda vaqtincha turishiga monelik yo‘q, chunki dinimizda ayol va uning qornidagi bolaga zarar yetishining oldini olish muhimdir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar