Assalamu aleykum Hozir investitsiya kompaniyalar ko‘payib ketdi. Shulardan ikkitasi: 1. Way2 kompaniyasi 2. IMAN INVEST kompaniyalari Shu ikki kompaniyaga investitsiya qilsak bo‘ladimi? Sertifikati bor ikkisini ham. Shu kampaniyalar bilan ishlashlik joizmi?
Assalomu aleykum Meni milkim ko‘p qonaydi, shamollagan. Har 6 oyda milkimni davolatib turaman. Tahorat qilganimda ham ayrim paytlarda qonaydi. Tahorat qilib bo‘lganimdan keyin ham qonasa tupurganda qizg‘ish tupuk kelsa unda tahorat buzilgan hisoblanadimi? JAVOB UChUN RAHMAT!
Assalomu aleykum. Savolim shuki, oilada chaqaloq tug‘ilsa "chilla" degan narsasi "chiqarkan", undan keyin qo‘shnilarga pishiriq, shirinliklar tarkatish odatimi irimimi bor emush. Mani fikrimcha bu bo‘lmagan narsa va bid’at. Keyingi savolim, 3 ta qiz farzandi bor odam, 4chisini o‘g‘il tuqsa Muhammadyusuf kuyish kerak degan gap bor emush. Shu masala buyicha yordamlariz kerak. Erta-indin biz xam shu xatoni qilib qo‘ymaylik
Assalomu alaykum. Agar odam kibr qilsa qanday duoni aytishi kerak?
Assalomu aleykum ustozlar bir xadisda Rosululloh Salallohu aleyhi vasallam aytgan ekanlar ovqatdan oldin bismillohni unutsanglar bismillahi avalinhu axiririn denglar shayton qusib qochadi degan mazmunda xadis bor ekan. Savolim shuki ustozlar bu faqat ovqat uchunmi masalan taxorat olayotganda odam o'rtasiga kelsa yoki ayoli bilan yaqinlik qilayotganda bismillahni ununtsa shundaham Bismillahi avalinhu axirin desa bo'ladimi?
Assalomu aleykum. Duo qilganimizda qulni qovushtirish kerakmi yoki ikki kaftimizni tepaga qaratib turishimiz kerakmi, shu xaqida oyat yoki xadislar kelganmi, iltimos shu xaqida tushuntirib bering?
Assalomu alaykum, menda 2ta savol bor. 1. Men grafik dizaynerman. Savolim: Agar men pullik ilovalarni noqonuniy ravishda tekinga yuklab olsam va o‘sha ilovalardan foydalanib dizaynlar qilib sotsam, pulim xalol bo‘ladimi? 2. Duha degan nafl namoz bor ekan deb ishitdim, shu haqida ma’lumot bersangiz masalan: qachon o’qiladi, nechchi rakatdan iborat…
Assalomu alaykum, men sizlardan ikkita savol so'ramoqchiman hamda ikkitasi ham gunoh va tavba haqida. Agar inson bir gunohdan tavba qilsa, xuddiki o'sha gunohni qilmagandek bo'ladi hamda Alloh uni yomon ishlarini yaxshilikka almashtirib qo'yadi deb eshitgandim, shundan inson Qiyomat kuni tavba qilgan gunohlaridan ham hisob qilinadimi? Ikkinchi savolim: hammamiz ham gunohkor bandalarmiz, men o'tmishda qilib tavba qilgan gunohlarim haqida kimdir mendan shu gunohni sodir etganmisan deb so'rasa qanday tarzda javob berganim afazalroq? Javob uchun oldindan raxmat. Alloh sizlardan rozi bo'lsin!
Assalomu Alaykum va Rohmatulloh. 1) bir ayol birinchi eridan taloq olmay boshqasiga turmushka chiqdi, keyn oradan vaqt ӯtib undan ham ajrashdi. va keyinchalik birinchi eridan talog‘ini olmaganini bilib, talog‘ini sӯradi va u talog‘ini berdi. shunday holatda ayol idda ӯtiradimi? 2) ayol uch hayz kӯrish muddatida idda ӯtirarkan. ba’zi joylarda 90 kun deyilgan ekan. shunda ayolning, uchinchi hayz kӯrganini muddati tugashi bilan iddasi tugaydimi yoki tӯliq 90 kun idda saqlaydimi?
Assalomu alaykum. Gʻusl qilayotganda tahoratni buzadigan amallardan biri sodir boʻlsa, gʻuslni qaytadan boshlash kerakmi