Assalomu aleykum Meni milkim ko‘p qonaydi, shamollagan. Har 6 oyda milkimni davolatib turaman. Tahorat qilganimda ham ayrim paytlarda qonaydi. Tahorat qilib bo‘lganimdan keyin ham qonasa tupurganda qizg‘ish tupuk kelsa unda tahorat buzilgan hisoblanadimi? JAVOB UChUN RAHMAT!
Milk qonaganda kishi tufugiga qaraydi: tufukda qon kam bo‘lsa, ya’ni tufukdagi oqlik qizillikdan ko‘p bo‘lsa, tahorat sinmaydi. Agar tufukda qon ko‘p bo‘lsa, ya’ni undagi qizillik oqlikdan ko‘p bo‘lsa yoki teng bo‘lsa, tahorat sinadi ("Al-Muxtasar fil fiqhil hanafiy").