KAMPANIYALAR XAQIDA

ID: 3464

20.10.2025

132

Savol:

Assalamu aleykum Hozir investitsiya kompaniyalar ko‘payib ketdi. Shulardan ikkitasi: 1. Way2 kompaniyasi 2. IMAN INVEST kompaniyalari Shu ikki kompaniyaga investitsiya qilsak bo‘ladimi? Sertifikati bor ikkisini ham. Shu kampaniyalar bilan ishlashlik joizmi?

Javob:

Biz ushbu kompaniyalarning faoliyatini batafsil o‘rganmaganimiz sababli, ular borasida aniq xulosa bera olmaymiz. Umumiy tavsiya shuki, sarmoya kiritishdan oldin, ushbu kompaniyalarning faoliyati shariat talablariga mos ekanligini tasdiqlovchi rasmiy "halol" sertifikati mavjudligiga e’tibor qarating.

Agar bunday sertifikat, albatta, ishonchli va e’tirof etilgan shar’iy nazorat tashkiloti tomonidan taqdim etilgan bo‘lsa, o‘sha mutaxassislarning guvohligiga tayanib, ular bilan ishlashingiz joiz.

Biroq, shuni unutmaslik lozimki, "shariatga muvofiqlik" sertifikati kompaniyaning "moliyaviy ishonchli" ekanini kafolatlamaydi. U faqatgina kompaniyaning pul aylantirish uslubi halol ekanini, ya’ni uning ribo, qimor va boshqa harom sohalarga aralashmasligini tasdiqlaydi. Sarmoyangizning saqlanishi, ko‘payishi yoki aksincha, yo‘qolish xavfi esa, butunlay o‘sha kompaniyaning ish yuritish mahoratiga, vijdoniga va bozordagi umumiy vaziyatga bog‘liqdir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar