Ayolim bilan kelishmovchiliklar sababli o‘rtamizga taloq tushgan edi. Bu ikkinchi taloq. Ammo hali idda tugashiga bir muncha vaqt bor. Biz yarashib qayta yashab ketsak bo‘ladimi?
Bir kishi namozga kech qolib keldi orqa safda ôzidan boshqa hech kim yôq oldi safdan bir kishini oldiga tortmoqchi bôlsa namozga kirib tortadimi yoki namozga kirmasdan tortadimi shu masala qaysi kitobda kelgan Oldindan rahmat
Masjidga besh vakt namozga boradigan kishilar masjidga xar namozga kirgan vaktda Taxiyatul masjid ukishligi joyizmi yeki shu xakida xadislar kelganmi tushuntirib bering iltimos.
Ba'zida soch ichida xusnbuzardan chiqib qotib qolgan yoki yogʻga oʻxshash yumshoq shakldagi narsaga qoʻlim tegib ketsa uni soch ichidan olaman shu vaqtda boshimni yuvishim kerakmi uni oʻrni najosat boʻlib qoladimi. Oʻsha chiqqan narsa biror yerimga tegsachi?
Mening savolim mahr masalasida edi. Nikoh vaqtida xo‘jayinim bitta talla uzuk bergan edilar. Qolganini keyinroq berishlarini aytgan edilar. Hozir shu qolgan qismiga falon narsa olib beraqoling desam, u kishi men xohlagan narsamni olib beraman, sen xohlashga haqli emassan deyapdilar. Shunday deyishlari to‘g‘rimi?
Assalomu alaykum. Peshin va asr namozlarining 4 rakat farzini yolg‘iz o‘qiyotgan kishi "Allohu akbar", "sami’allohu liman hamidah", "Assalomu alaykum va rohmatulloh" kabi takbirlarni maxfiy aytishi kerakmi?
Assalomu alaykum. Men Qur’on yodlayapman. Ko‘chada ketayotganda ham vaqtdan unumli foydalangan holda takror qilib boraman o‘zim eshitadigan darajada. Shu ishim to‘g‘rimi?
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Men dasturlash bo‘yicha o‘quv markaziga qatnayotgan edim. O‘sha o‘quv markazda o‘quvchilarni bilim olishga qiziqtirish uchun geymifikatsiya tizimi bor ekan. Ya’ni, o‘quvchilar vazifa topshirgani uchun koin (ball) berilar ekan. Har 2 oyda auktsion o‘tkazilar ekan. Unga sovg‘a qo‘yiladi, kim ko‘p koin taklif bersa, o‘shanga sovg‘a berilar ekan. Bu ishga dinimizda taqiq yo‘qmi? Javob uchun rahmat.
Men talabaman, birinchi kursda o‘qiyman. Arab tili filologiyasi yo‘nalishiga topshirganman, chunki maqsadim — Qur’onni o‘rganganimda har bir so‘zning ma’nosini chuqur tushunish. Biroq, ba’zan xayolimga turli sevgi haqidagi fikrlar kelib qoladi. Men hech qachon munosabatda bo‘lmaganman va dinimni yaxshi o‘rganmaguncha bo‘lmaydi ham, deb hisoblayman. Shu sababdan, menga tartibli va intizomli bo‘lish qiyin bo‘layapti. Ba’zan sevgi haqidagi xayollar o‘zim bilmagan holimda ongimga kela veradi. Vaqtim va xayollarimni boshqarish muammo bo‘lib qolgan.
Assalomu alaykum. Yoshim 19 da. Men shoiraman lekin matematikada o'qiyman. Ijodkorligim bois yoshlar tashkilotlari, klublardan taklif tushadi ishga. Lekin dadam o'qituvchi bo'lishimni istaydilar. Menga esa har ikki yo'l ham yoqadi. Tadbirlarda o'zimni ko'rsatsammi yoki barqaror ish uchun bilim olsammi deb qolaman. 14 kun fotiha surasini 70 martadan o'qib, ajdodlarim va avlodlarim gunohlari uchun tavba qildim. Bir amaliyotda shunday qilgan ayolga qaysi yo'lni tanlashiga belgi kelgan ekan. Menda esa bunday bo'lmadi, yoki tushimda aytilgan bo'lsa ham eslab qololmadim. Boshqa qanday yo'l tutsam bo'ladi Xudo menga eng xayrli yo'lni ko'rsatishi uchun ? Iltimos yordam bering