Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh. Savolim bor. Tahorat olganda yoki olishdan oldin istibro qilinadi. Shunda tomchi peshob bo'lsa ham tahorat buziladi, namoz to'kis ado bo'lmaydi deb eshitdim. Agar shunday peshob tomchi chiqsa, namoz vaqtida qaltis harakat qilganda qanday yo'l tutish kerak? Doimiy, tez-tez shunday bo'lsa, bir namozdan ikkinchi namozga tahorat ushlash mumkinmi yoki har namozda tahorat olish kerakmi? Ishxona sharoitlarida tahorat uchun 1 yoki 2 marotaba imkon bor. Ish jadal ketadi. Ko'p hollarda tezda namozlarni o'qishga, tahoratni ushlab turishga majbur bo'lib qolamiz. Hadeb tahorat qilishga vaqt ketib qoladi. Ishlab chiqarishda, to'xtovsiz ishda ishlaymiz (zavod). Shunga to'liq javob olmoqchiman. Umumiy qilib tushuntirib bering: kasallik bo'lgan holda qanday yo'l tutiladi? Yana, masalan, peshobni ushlab turish muammosi vaqtlar uchun (doimiy bo'lmasa). Peshobni ushlab turolmasa (kasallik), masalan, unda ichki kiyim masalasi ham savol bo'lib qolmoqda. Shunga oydinlik kiritib bering.
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh. Namozni qasr o'qish musofir uchun vojibdir. Men ko'proq musofir holatda ishlayman. Ishga kelganimda ishimni necha kunda tugatishimni aniq bilmayman, ko'p holatda 10 va 20 kun orasida ishimni tugataman deya taxmin qilsam, namozni qasr o'qiymanmi yoki odatdagidek o'qiymanmi?
Aka-ukaning farzandlari o'zaro turmush qurishlari mumkinmi?
Assalomu alaykum. Men bir domladan rivoyat eshitgan edim. Unda imomning bir to'tisi bo'ladi. U masjidda yashab, odamlardan "La ilaha illalloh Muhammadur Rasululloh" kalimasini doim aytadi. Bir kun uni bir mushuk eb qo'yayotganda, o'z tilida qichqiradi. Shunda imom yig'laydi, shogirdlari esa sababini so'rashsa, to'tining tili va dili bir xil emas, deydi. Savolim shukim, men ham doim o'zim bilmasam ham tilim zikrda bo'ladi. Lekin dilimda bormi yo'qmi, ba'zan bilmay qolaman. Iymonimning mustahkamligini qanday bilsam bo'ladi?
Umraga niyat qilsa, erkak o'zining sochini olsa, jarima yo'qmi?
Kolbasa mahsulotlari isteʼmol qilish mumkinmi? Kolbasa halolmi yoki harommi?
Assalomu alaykum. Hayvon ichidan o'tgan qahvaning hukmi qanday?
Homilador ayol namoz o'qishda ruku, sajdaga qiynalsa namozni qanday ado etadi?
Meni xo'jayinim chet elda, kofir yurtda binolar qurilishida yuk mashinasi haydovchisi boʻlib ishlaydilar. Savolim shundaki, 3 mahal namozni yuk mashinasidan tushmasdan oʻtirgan holatlarida oʻqishlariga toʻgʻri keladi. Sababi u yerlarda koʻp yogʻingarchilik boʻlganligi sababli koʻp hollarda yerlar loy boʻladi, oʻqishga sharoit yoʻq. Shunda yuk mashinasida oʻtirib oʻqishlari joizmi?
Men hotinim bilan oilaviy kelishmovchilik sababli urishib qoldik hozir hotinim ota uyiga ketip qolgan. 6 oydan buyon birga yashamaymiz. Lekin urushgan vaqtimizda men unga taloq so'zini ishlatmagnaman uydan chiqip ket dep aytganman halos lekin taloq sifatida aytmaganman. Shunda taloq tushadimi. Lekin 3 oy er xotin bir bilan birga yashamasa taloq tushadi dep aytshgan edi. Ushbu gaplar rostmi Lekin men taloq so'zini ishlatmaganman.