EHROMDA O'ZINING SOCHINI OLISHI

ID: 4356

20.11.2025

70

Savol:

Umraga niyat qilsa, erkak o'zining sochini olsa, jarima yo'qmi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Ehromdagi inson amallarni bajarib bo'lib, ehromdan chiqish maqsadida o'zining sochini o'zi yoki o'zi kabi ehromdan chiqmoqchi bo'lgan insonning sochini olishi mumkin. "G'unyatun nosik" kitobida shunday deyilgan:

"(واذا حلق ) أي المحرم (راسه) اي راس نفسه (او راس غيره) أي ولو كان محرما (عند جواز التحلل) أي الخروج من الاحرام باداء افعال النسك ( لم يلزمه شيئ)"

Agar ehromdagi kishi amallarni bajarib bo'lib, ehromdan chiqish vaqtida o'zi yoki boshqa odamning (garchi ehromda bo'lgan holida ham) sochini olsa, uning zimmasiga biror narsa lozim bo'lmaydi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar