Kolbasa mahsulotlari isteʼmol qilish mumkinmi? Kolbasa halolmi yoki harommi?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Kolbasa mahsulotlarining hukmi ularning tarkibi va go'shtning qanday so'yilganiga qarab belgilanadi. Agar kolbasa shariatga muvofiq so'yilgan halol hayvon go'shtidan va pok qo'shimchalardan tayyorlangan bo'lsa, uni iste'mol qilish joizdir. Ammo tarkibida cho'chqa, o'limtik yoki boshqa nopok moddalar bo'lsa, bunday mahsulotni iste'mol qilish islom dini ahkomlariga ko'ra durust emas. Vallohu a'lam.